Modda tarkibining doimiylik qonuni


Modda tarkibining doimiylik qonuni(testlar va masalalar)



Yüklə 156,42 Kb.
səhifə2/4
tarix19.12.2022
ölçüsü156,42 Kb.
#76286
1   2   3   4
Tarkibning doimiylik va massaning saqlanish qonuni

Modda tarkibining doimiylik qonuni(testlar va masalalar)


1.Kalsiy karbid - (CaC2) dagi kalsiyning massa ulushini (%) toping.
A) 62,5 B) 71,1 C) 67,5 D) 75,5
2. Marganes(III) oksid va marganes(VI) oksiddagi marganesning massa ulushini hisoblang.
A) 57,8 va 50,5% B) 63,2 va 49,5%
C) 69,6 va 53,4% D) 34,9 va 47,3%
3. Mis pentagidrat sulfat – CuSO4∙5H2O dagi kristalizatsiya suvning massa ulushini hisoblang.
A) 75 B) 25 C) 64 D) 36
4. Ruda tarkibida Fe(CrO2)2 massa ulushi 84% va Fe2O3 (16%) bor. Massasi 400 kg temirtosh tarkibidagi temirning massasini (kg) toping.
A) 129 B) 234 C) 185 D) 248
5. “Azofoska” mineral o’g’iti tarkibida ammo-niy digidrofosfat – NH4H2PO4 (massa ulushi – 82%), ammoniy gidrofosfat – (NH4)2HPO4 (7%), kaliy nitrat – KNO3 (4%) va tarkibida azot bo’l-magan aralashmalar kiradi. Azofoskadagi azot-ning massa ulushini va massasi 120 kg bo’lgan o’g’itdagi atomar azotning miqdorini aniqlang.
A) 8,4% va 1,56 mol B) 12% va 1,03 mol
C) 14% va 1,89 mol D) 9,5% va 2,04 mol
6. Kimyoviy birikma tarkibiga natriy, oltingugurt va kislorod kiradi. Na – 36,5; S – 25,4; kislorodniki – 38,1. Birikmaning eng oddiy formulasini aniqlang.
A) Na2SO4 B) Na2SO3 C) Na2S2O3 D) Na4S2O

7. Ba’zi bir kislota tarkibida vodorod (massa ulushi 1,46%), xlor (51,83%) va kislorod bor. Shu kislotaning eng oddiy formulasini aniqlang.


A) HClO2 B) HClO3 C) HClO4 D) HClO
8.Azotning vodorodli birikmasining molyar massasi 30 g/mol ga teng. Birikmadagi azotning massa ulushi 93,3% bo’lsa, uing formulasini aniqlang.
A) NH3 B) N2H4 C) N2H2 D) HN3
9. Berilliyning uglerodli birikmasida berilliyning massa ulushi 60% ekanligi ma’lum bo’lsa, birikmaning oddiy formulasini aniqlang.
A) Be2C3 B) Be3C4 C) BeC2 D) Be2C
10. Kaliyning marganes va kislorod bilan hosil qilgan birikmasining eng oddiy formulasini aniqlang. Agar ularning massa ulushi yuqoridagi tartibga muvofiq 39,6; 27,9 va 32,5% ga teng.
A) K2MnO4 B) KMnO4 C) K4Mn2O7 D) KMnO3
11. Tuz tarkibi magniy, fosfor va kisloroddan iborat bo’lib, ularning massa ulushlari tegishlicha 21,62; 27,93 va 50,45%. Tuzning formulasini aniqlang.
A) MgPO3 B) Mg3(PO4)2 C) Mg2P2O7 D) Mg(PO3)2
12. Kalsiy gidrofosfat kristallogidratida (presipitat) CaHPO4 ∙ nH2O da 18% fosfor bor. Kristallgidrat tarkibidagi ‘n’ ning qiymati necha?
A) 1 B) 2 C) 5 D) 10
13. Natriy sulfat kristallogidratida Na2SO4 ∙xH2O da suvning massa ulushi 0,559. “x” ning qiymati necha?
A) 5 B) 7 C) 10 D) 12
14. Giposulfit – Na2S2O3∙xH2O tarkibida vodorodning massa ulushi 4,032%. Kristallogidrat tarkibini aniqlang.
A) Na2S2O3∙3H2O B) Na2S2O3∙5H2O
C) Na2S2O3∙7H2O D) Na2S2O3∙10H2O
15. O’rta tuzning kristallgidratining tarkibi 14,29% Na, 9,94% S, 69,57% O va vodoroddan iborat. Undagi suv molekulasi sonini toping.
A) 5 B) 7 C) 10 D) 2
16. Natriy gidrofosfat Na2HPO4∙ nH2O da 11,57% fosfor bor. Kristallgidrat tarkibidagi ‘n’ ning qiymati necha?
A) 1 B) 7 C) 5 D) 10 E) 12
17. (01-3-38). Glauber tuzi deb ataladigan tuz Na2SO4 ∙ nH2O tarkibida natriyning massa ulushi 16,08% ga teng. Bu tuz tarkibida necha mol suv bor?
A) 6 B) 8 C) 10 D) 12 E) 14
18. (01-3-39). Magniy kuporosi MgSO4∙nH2O tarkibida magniyning massa ulushi 11,42% ga teng. “n” ning qiymatini toping.
A) 4 B) 5 C) 6 D) 7 E) 8
19. (01-3-40). Na2CO3 ∙ nH2O tarkibida uglerodning massa ulushi 4,8% ga teng bo’lsa, “n” ning qiymati qancha bo’ladi?
A) 7 B) 8 C) 9 D) 10 E) 12
20. (01-3-41). Temir(III) sulfat Fe2(SO4)3 ∙ nH2O tarkibida oltingugurt bilan temirning massa ulushi 37,0% ga teng bo’lsa, “n” ning qiymati qancha bo’ladi?
A) 8 B) 10 C) 12 D) 6 E) 9
21. (01-3-42). Alyuminiy sulfat kristallgidrati Al2(SO4)3 ∙ nH2O tarkibida alyuminiyning massa ulushi 9,67% ga teng bo’lsa, “n” ning qiymati qancha bo’ladi?
A) 10 B) 12 C) 14 D) 16 E) 18
22. (01-3-43). Alyuminiy nitrat kristallgidrati Al(NO3)3 ∙ nH2O tarkibida azotning massa ulushi 0,1239 ga teng bo’lsa, “n” ning qiymati qancha bo’ladi?
A) 6 B) 7 C) 8 D) 9 E) 10
23. (01-3-44). Bura (tanakor) deb ataluvchi Na2B4O7 ∙ nH2O tarkibida borning massa ulushi 0,16 ga teng bo’lsa, “n” ning qiymati qancha bo’ladi?
A) 2 B) 4 C) 6 D) 8 E) 5
24. (03-2-51). Marganes(II) sulfat kristallgidrati tarkibida 24,66% marganes bo’lsa, uning formulasi qanday bo’ladi?
A) MnSO4∙H2O B) MnSO4∙3H2O
C) MnSO4∙4H2O D) MnSO4∙5H2O
E) MnSO4∙2H2O
25. (00-10-15). Na2CO3 ∙ xH2O kristallogidrat-dagi suvning massa ulushi 62,94% ni tashkil etadi. “x” ni aniqlang.
A) 12 B) 7 C) 5 D) 10 E) 2
26. (02-5-8). MgSO4 ning taxir tuz deb nomlanuvchi kristallgidrati tarkibida 51,22% suv bo’ladi. Shu kristallgidrat MgSO4∙nH2O da “n” ni toping.
A) 2 B) 3 C) 4 D) 7 E) 10
27. (02-6-23). Alyuminiy sulfat kristallgidrati tarkibidagi alyuminiyning massa ulushi 8,1% ga teng bo’lsa, kristallgidrat tarkibidagi suvning mollar sonini aniqlang.
A) 6 B) 9 C) 12 D) 16 E) 18
28. (02-6-25). Tabobatda taxir tuz deb nomlangan modda tarkibida 51,22% suv bo’lsa, uning formulasini toping.
A) MgCl2∙6H2O B) MgSO4∙7H2O
C) MgSO4∙6H2O D) MgSO4∙2H2O
E) MgCl2∙4H2O
29. (98-8-90). 30 g kalsiy sulfat kristallgidrati qizdirilganda 6,28 g suv ajralib chiqdi. Kristallgidrat formulasini aniqlang.
A) CaSO3∙3H2O B) CaSO4∙H2O
C) 2CaSO3∙H2O D) CaSO4∙2H2O
E) CaSO3∙5H2O
30. (99-10-14). Magniy gidroksiddagi Mg(OH)2 magniy, kislorod va vodorodlarning massalari nisbatini ko’rsating.
A) 6:10:1 B) 6:8:1 C) 12:16:8
D) 12:16:1 E) 3:4:0,5
31. (99-10-28). Uglerod bilan kislorod qanday og’irlik nisbatida birikma hosil qilishi mumkin?
A) 1:1,5 va 1:3 B) 1,5:2 va 3:4
C) 1,5:2 va 1,5:4 D) 3:4 va 1:2
E) 1:1,33 va 1:2,67
32. (96-1-3). Nitrat kislotasi tarkibidagi azotning massa ulushi nimaga teng?
A) 0,11 B) 0,18 C) 0,22
D) 0,30 E) 0,35
33. (96-1-12). Quyidagi birikmalarning qaysi birida uglerodning massa ulushi uning atomining massasiga teng?
A) H2CO3 B) CO C) CaCO3
D) Ca(CH3COO)2 E) CO(NH2)2
34. (96-15-5). Tarkibida azotning massa ulushi 63,63%, kislorodniki esa 36,37% bo’lgan azot oksidining formulasini ko’rsating.
1) N2O 2) N2O3 3) N2O5 4) NO 5) NO2
A) 3 B) 4 C) 2 D) 5 E) 1
35. (97-11-191). G’o’za bargini to’kish uchun ishlatiladigan kalsiy sianamid tarkibida 50% kalsiy, 15% uglerod va 35% azot borligi ma’lum. Birikmaning formulasini aniqlang.
A) CaCN2 B) Ca2CN C) Ca(CN)2
D) Ca3(CN)2 E) Ca2(CN)3
36. (96-5-5). Tarkibida marganesning massa ulushi 49%, kislorodniki 51% bo’lgan oksid formulasini ko’rsating. Ar(Mn)=54
A) Mn2O3 B) MnO2 C) MnO
D) MnO3 E) Mn2O7
36. (96-3-4). Alyuminiy xloridda qancha ele­ment bo’lsa qaysi birikmada shuncha element bor?
A) H2SO4 B) H2S C) O3
D) Cl2 E) HClO2
37. (96-1-5). Fosforning ftorli birikmasi tarkibidagi ftorning massa ulushi 0,65 bo’lsa, modda formulasini toping. Ar(F) = 19.
A) PF5 B) PF3 C) H[PF6]
D) H[PF4] E) P2F8
38. (97-11-188). Jez qotishmasida 60% mis va 40% rux bor. Shu birikmaning formulasini aniqlang. [Cu = 64, Ar(Zn) = 65]
A) CuZn B) Cu2Zn C) Cu2Zn2
D) Cu3Zn2 E) Cu3Zn3
39. Qalay va misning qotishmasida har bir atom qalayga 5 atom mis to’g’ri kelishi uchun shu qotishmada necha foiz qalay bo’lishi kerak?
A) 27,0 B) 30,0 C) 25,5 D) 28 E) 31
40. Temir ma’dani tarkibida 34% Fe2O3 bo’lsa, uning 100 kg massasida temir moddasining miqdori qancha bo’ladi?
A) 4,25٠102 B) 4,25٠10-2 C) 3,8٠10-2 D) 4,25 E) 4,0٠102
41. Molekulasi beshta atomga ega bo’lgan moddalarni toping.
1) perxlorat kislota - HClO4 2) natriy xlorat - NaClO3
3) alyuminiy xlorid - AlCl3 4) kalsiy perxlorat - Ca(ClO4)2
5) magniy gipoxlorit - Mg(ClO)2 6) xlorit kislota - HClO2
A) 1,5 B) 2,4 C) 3,4 D) 2,5 E) 3,6
42. Glyukozadagi uglerod, vodorod va kislorodning massa nisbatlari qanday bo’ladi?
A) 1:2:1 B) 6:12:6 C) 3:4:3 D) 2:6:2 E) 6:1:8
43. Oqsil molekulasi tarkibida 4 ta oltingugurt atomi bo’lib, u molekulaning 2,5% ini tashkil etadi. Oqsilning nisbiy molekulyar massasini hisoblang.
A) 520 B) 1226 C) 2560 D) 3560 E) 5120
44. Yer qobig’i massasining 0,99% vodorod va 8,87% alyuminiydan iborat. Undagi alyuminiyning har bir atomiga vodorodning nechta atomi to’g’ri keladi?
A) 3 B) 6 C) 9 D) 0,33
45. Besh mol kaliy permanganat tarkibidagi kislorod elementi necha gramm miqdordagi suv tarkibida bo’ladi?
A) 90 B) 180 C) 360 D) 45
46. Odam organizmida o’rtacha 4,5 g miqdorda temir bo’lib, uning 32,5% i qorataloq tarkibida bo’ladi. Qorataloq tarkibidagi temir atomlarining sonini toping.
A) 1,57٠1022 B) 1,57٠1024 C) 3,25٠1023 D) 1,08٠1022
47. 0,2 mol KCl va 0,3 mol MgCl2 aralashmasidagi xlorning massa ulushi (%) nechaga teng?
A) 33 B) 45 C) 56 D) 65 E) 73
48. Misr firavnlari zamonidagi toza suvdan bizning zamonimizdagi toza suv tarkibi bilan farq qiladimi? Bu savolga kim tomonidan kashf qilingan qonun javob beradi?
A) Arximed B) Avogadro C) Lomonosov D) Faradey E) Prust
49. Tuzilishi qanday bo’lgan moddalar tarkibining doimiyligi qonuniga bo’ysunadi?
1) molekulyar 2) atomli 3) nomolekulyar
4) kristall 5) ion kristall panjarali
A) 1 B) 2,3 C) 3,4 D) 4,5 E) 3,5
50. ). Tarkibning doimiylik qonuniga bo’ysunmaydigan moddalarni ko’rsating.
1) suv 2) metan 3) titan(II) oksid 4) uran(II) oksid 5) vodorod xlorid
A) 1 va 2 B) 2 va 3 C) 3 va 4 D) 4 va 5 E) 2 va 5



Yüklə 156,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin