Modda tarkibining doimiylik qonuni


Moddalar massasining saqlanish qonuni



Yüklə 156,42 Kb.
səhifə3/4
tarix19.12.2022
ölçüsü156,42 Kb.
#76286
1   2   3   4
Tarkibning doimiylik va massaning saqlanish qonuni

Moddalar massasining saqlanish qonuni
Atom-molekular ta ’limot asosida kimyoning asosiy qonunlarini: moddalar massasining saqlanish qonuni, tarkibning doimiylik qonuni, hajmiy nisbatlar qonuni va Avogadro qonunini ko‘rib chiqamiz. Bu qonunlar atom-molekular ta’limotni — yangi kimyoning asosini* tasdiqlaydi. Atom-molekular ta ’limot, o ‘z navbatida, kimyoning asosiy qonunlarini tushuntirib berdi.Moddalar massasining saqlanish qonunini dastlab 1748-yil- da M.V.Lomonosov ta ’riflab bergan.
Keyinchalik (1756-yilda) u bu qonunni tajribada asoslab berdi. Qonunning hozirgi ta ’rifi qu yidagicha:
kimyoviy reaksiyaga kirishadigan moddalaming massasi reaksiya natijasida hosil bo‘ladigan moddalaming massasiga teng.
Lomonosovdan keyin mustaqil ravishda bu qonunni 1789-yilda fransuz kimyogari Lavuazye ham ta’riflab berdi. U ham metallarning oksidlanishiga doir ko‘p reaksiyalarni o ‘rganib, qonunni tajribada isbotladi.Moddalar massasining saqlanish qonunini atom-molekular ta ’limot nuqtayi nazaridan shunday izohlash mumkin: kimyoviy reaksiyalarda atomlar yo‘qolmaydi va yo‘qdan vujudga kelishi mumkin emas; reaksiyagacha va reaksiyadan keyin atomlarning umumiy soni o‘zgarmasligicha qoladi. Masalan, vodorod bilan xlorning ikki atomli molekulalari o'zaro ta’sir ettirilganda shuncha HC1 molekulasi hosil bo'lishi kerakki, vodorod bilan xlor atomlarining soni ikkiga teng bo‘lsin, ya’ni ikki molekula HCl hosil bo'lishi kerak: Atomlarning massasi o ‘zgarmaganligi sababli moddalaming reaksiyagacha va reaksiyadan keyingi massalari ham o'zgarmaydi.Moddalar massasining saqlanish qonunini M.V.Lomonosov energiyaning (harakat miqdorining) saqlanish qonuni bilan bog‘ladi. U buqonunlarni birgalikda, tabiatning umumiy qonuni sifatida qaradi va 1784-yilda quyidagicha ta’rifladi: „Tabi-atdagi barcha o‘zgarishlarning mohiyati shundan iboratki, bir jismdan qancha olinsa, boshqasiga shuncha qo‘shiladi. Masalan, agar qayerdadir materiya biroz kamaysa, boshqa joyda ko‘payadi. Bu umumiy tabiiy qonun harakat qoidalariga ham taalluqlidir: o‘z kuchi bilan boshqa jismni harakatlantirayotgan jism harakat ola- yotgan jismga qancha kuch bersa, o'zidan shuncha kuch yo‘qotadi“ .Shunday qilib, moddalar massasining saqlanish va energiyaning saqlanish qonunlari — bular tabiatning yagona qonunining — materiya va uning harakatining abadiylik qonunining ikki tomonidir.Lomonosovning fikrlarini hozirgi fan tasdiqladi. Massa bilan energiya orasidagi o ‘zaro bog‘liqlik (u fizika kursida ko‘rib chiqiladi) Eynshteyn tenglamasi bilan ifodalanadi: E=mc2 Moddalar massasining saqlanish qonuni kimyoviy reak- siyalarning tenglamalarini tuzish uchun moddiy asos beradi. Unga asoslanib, kimyoviy tenglamalar bo‘yicha hisoblashlar o ‘tkazish mumkin.



Yüklə 156,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin