novateurpublication.org va mikroelementlar. Makroelementlarga kal`siy, kaliy, natriy, magniy, marganes,
fosfor va boshqalar kiradi. Bu mineral moddalar to’qima, hujayralarning
qo`zg’alishi va harakat potensialining hosil bo`lishi uchun kerak. Shuningdek
muskullarning tonusini boshqarishda, qon ivishida va qon bosimini saqlashda,
genetik axborotni saqlash va tashishda, me`da shirasidagi nordonlikni ta`minlashda
ishtirok etadi. Mikroelementlar juda ham oz miqdorda bo`lishiga qaramay hayot
uchun muhim bo`lgan jarayonlarni boshqaradigan fermentlarning tarkibida, gor-
monlarning, eritrositlarning tarkibida va turli organlarning tarkibida bo`ladi.
Suv va mineral moddaning me`yoridan kam yoki ko`p bo`lishi organi-zmda
turli –tuman kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo`ladi.
Suv almashinuvining boshqarilishida reseptorlar va gormonlar muhim rol
o`ynaydi. Organizmda suvning hajmi o`zgarganda volyumoreseptorlar, bosimi
o`zgarganda baroreseptorlar va suvning konsentrasiyasi o`zgarganda osmoreseptor-
lar ta`sirlanadi. Bu reseptordagi axborotlar gipotalamusdagi chanqash markaziga
borib asab sistemasini qo`zg’atadi. Natijada suv ichish yoki suvdan voz kechish
reaksiyalari sodir bo`ladi. Bu reseptorlar nafaqat asab boshqarilishida balki, gumoral
boshqarilishda ham qatnashadi.Suv almashinuvini gumaral boshqarilishida ADG,
al’destron, tiroksin va boshqa gormonlar muhim rol o`ynaydi.
Bolalarda suv almashinuvi katta yoshdagi odamdagiga nisbatan jadalroq kechadi.
Jumladan, katta yoshdagi odam organizmida suv molekulalarining saqlanish davri
15 kunga, emizikli bolalarda esa 3-5 kunga teng. Bola organizmi tezda suvsizlanishi
yoki suvni organizmda to`plash xususiyatiga ega. Bolaning suvga bo`lgan ehtiyoji
katta yoshdagi odamning ehtiyojidan ortiqroq.
Ovqatlanish fiziologiyasi nuqtai nazaridan vitaminlarning suvda eriydi-
gan ( B guruhi vitaminlari, C va P) va yog’da eriydigan ( A, D, E va K)
vitaminlarga bo`linishi muhimdir. Suvda eriydigan vitaminlar o`simlik mah-
sulotlari (donli va dukkakli o`simliklar, sabzavot, meva va ko`katlar) tarkibida
ko`proq, hayvon mahsulotlarida kamroq bo`ladi. Yog’da eriydigan vitaminlar
manbai bo`lib yog’ga boy bo`lgan hayvon mahsulotlari (vitaminlar depo-
si ayniqsa jigar) xizmat qiladi. Bu qoidadan istisno shaklda nikotin kislota va
siankobalamin kabi suvda eriydigan vitaminlar hayvon mahsulotlari tarkibida
uchraydi.Vitaminlarning organizmda zaxirasi yo`q, biroq jigarda vitamin B12 va
A vitamini oz miqdorda to`planishi mumkin. Vitaminlarning ortiqchasi esa siydik
bilan chiqariladi
Me`da–ichak yo`lining normal faoliyatida organizmda bu vitaminlarning juda ham
oz qismi, ichak mikroflorasi tomonidan sintez qilinadi: va qonga so`riladi. Bular:
tiamin, riboflavin, vitamin K va nikotin kislotalardir. Biroq antibiotiklar va
sul’fanilamid singari dori preparatlarni qabul qilganda ichak mikroflorasi susayib
bu vitaminlarning sintezlanishi buziladi. Shuning uchun ham bunday hollarda