Moddalar almashinuvining mohiyati



Yüklə 19,26 Kb.
səhifə1/2
tarix14.06.2023
ölçüsü19,26 Kb.
#129766
  1   2
odamda moda va en


Mavzu : Organizmda moddalar va energiya almashinuvi
REJA:

  1. Moddalar almashinuvining mohiyati

  2. Moddalar almashnuvining o’rganish usullari.

  3. Termoregulyasiyaning buzilishi.


Moddalar almashinuvining mohiyati. Yashash uchun organizm faoliyat ko’rsatishi kerak. Bir xujayrali mikroblardan tortib, to yuksak xayvonlar va odam organizmi xam, uzluksiz turli ishlarni bajarishi shart. Bunday ishlar: 1) mexanik ish - xarakat, ya’ni hayvonlar mushagining qisqarishi yoki bakteriya xivchinining aylanma xarakati paytida; 2) kimyoviy ish hujayralarda murakkab birikmalarni sintezlanishi paytida; 3) elektr ish — protoplazma va tashqi muxit o’rtasida potensiallarning farqini hosil qilish paytida; ‘) osmotik ish — tashqi muxitdan o’zida kam bo’lgan moddalarni xujayra ichiga, bu yerda o’sha moddalar ko’p bo’lsa tashqariga o’tkazish paytida sodir buladi. Nomlari ko’rsatilgan asosiy tip
ishdan tashqari, issiqqonli xayvonlarda, atrof-muxit xaroratini pasayishiga nisbatan, issiqlik ishlab chikarish xamda yorug’lik tarqatadigan organizmlarda yoruglik ishlab chiqarish bajariladigan ishlar xam mavjud. Buning xammasi energiya sarflanishini talab qiladigan va bu energiya, u yoki bu tashqi energetik manbaidan olinadi. Biosfera uchun birlamchi energiya quyosh nuri xisoblanadi. Quyosh nurlari fotosintez jarayoni o’tadigan tirik organizmlar, ya’ni yashil o’simliklar va ayrim bakteriyalar tomonidan o’zlashtiriladi. Bu organizmlar tomonidan xosil kilinadigan biopolimerlar (uglevodlar, oksillar, yog’lar), keyinchalik ≪yonilg’i≫ sifatida barcha geterotrof organizmlar, ya’ni xayvonlar, zamburug’lar va ko’pchilik tur bakteriyalar tomonidan foydalaniladi.
Energetik almashinuv —organizmda kimyoviy energiyadan foydalanish jarayoni bo’lib, aynan shu ko’rsatgich organizmning umumiy holati va fiziologik faolligini belgilaydi. Almashinuv yoki metabolik jarayonlar paytida, qabul qilingan ovqat maxsulotlaridan, organizmning o’ziga xos elementlarni sintezlashi —anabolism deb atalsa, metabolik jarayonlar paytida organizmning tarkibiy tuzilmalari elementlarini yoki kabul kilingan ozika maxsulotlarni parchalanishi — katabolizm deb ataladi. Organizm energiyani atrof - muxitdan yog’, oqsil va uglevod molekulalarining kimyoviy bog’lamlari tarkibidagi potensial energiya ko’rinishida qabul qiladi. Murakkab organik molekulalar ma’lum bir muddatda oksidlanadi, bunda kimyoviy bog’lamlarning uzilishi paytida ajralib chiqadigan energiya ajratiladi. Molekulalarni uch uglerodli birikmalargacha parchalanishi sodir bo’ladi va ular Krebs sikliga qo’shilib S02 va N20 darajasigacha yana oksidlanadi. Energiyani generatsiya qiluvchi va molekular kislorod ishtirokini talab qiluvchi barcha jarayonlar aerob almashinuv tizimini tashkil qiladi. Glyukozani sut kislotasigacha parchalanishi sodir bo’ladigan glikoliz paytidagi kabi, kislorodning ishtirokisiz energiyani generatsiya bo’lishi anaerob almashinuv deb ataladi. Energiyaning yig’ilishi asosan ATFning yukori energetik fosfatli 6 oflamlarida sodir bo’ladi. Shu bilan birga, ATF energiyali tashish vositasi sifatida xam xizmat qiladi, chunki u energiya talab qilish joylarga diffuziya bo’ladi. O’z navbatida, ATF xosil bo’lishi va parchalanishi energiya sarfini talab qiladigan jarayonlar bilan birga o’tadi. Energiyaga extiyoj paydo bo’lganda gidroliz yo’li bilan oxirgi fosfat guruxining 6 uziladi va undagi kimyoviy energiya ajralib chiqadi. Shu shakldagi energiya xujayralar tomonidan foydalanishi mumkin. Biologiya soxasida energiyaning o’lchov birligi sifatida kaloriya
Yüklə 19,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin