(kal) qabul qilingan bo’lib, uni 1 g suvning xaroratini 1°S ga ko’tarish uchun zarur bo’lgan energiya sifatida belgilanadi. Odam va hayvonlar organizmidagi energetik jarayonlarni urganishda kilokaloriya (kkal) ishlatiladi, 1 kkal 1000 kaloriyaga tengdir. Xalqaro o’lchov birliklari tizimi (UBT) bo’yicha energiyani djoul (1 dj k ‘,187 kal) va quvvatni esa vatt (1 vt k 1 dj/s) o’lchash qabul qilingan. Biron-bir tashkiliy ishni bajarish paytida xujayra ajratadigan energiyaning bir qismi issiqush ko’rinishida ajraladi (termodinamikaning ikkinchi konuni). Bundan kelib chiqqan xolda faol xujayraning ta’sir koeffitsienti (FTK) ajralayotgan energiyaning tashqi ishga sarflanadigan qismi bo’lishi mumkin va u kattalik 100 dan kam buladi.
Moddalar almashinuvini o'rganishda fiziologiya turli usullardan foydalanadi. Hozirgi vaqtda ko'pchilik hayot jarayonlarini o'rganishda biokimyo usullari keng qo’lanilmoqda. Rus olimi E.S.London tomonidan yaratilgan angiostomiya usuli moddalar almashinuvini o'rganishdagi ancha qulay usullardan biridir. Bu usul yordamida organizmning ancha ichkarisida joylashgan qon tomirlaridan qon olib tekshirish mumkin. Biror-bir organga oqib kelayotgan va undan oqib ketayotgan qonni olib tekshirish yoii bilan oqib kelayotgan qondagi biror moddaning o'sha organda qanday o'zgarishlarga uchraganligi to'g'risida fikr yuritish mumkin. Organlarni ajratib olish usulidan ham moddalar almashinuvini o'rganishda foydalansa bo'ladi. Jumladan, tekshirilayotgan muayan moddani, suyuqlikni izolyatsiya qilingan jigardan oqizib o’tkazish va jigardan oqib chiqayotgan suyuqlikning tarkibini tekshirish yo'li bilan tekshirilayotgan moddaning jigarda qanday o'zgarishlarga uchraganligi to’g’risida fikr yuritilsa bo'ladi. Keyingi paytlarda moddalar almashinuvini o’rganishda radiaktiv izotoplar usuli ayniqsa keng qo'llanilmoqda. Bu usul shundan iboratki, tekshirilayotgan moddalar tarkibiga tegishli radiaktiv izotoplar (fosfor, azot, uglerod, temir, yod va boshqalaming radiaktiv izotoplari) qo'shiladi, ya’ni o'sha moddalar “nishonlanadi”. Radiaktiv
izotoplar bilan shu tariqa nishonlangan moddalar organizmga yuborilganda ularning qanday o'zgarishlarga uchrashini o'rganish ancha oson. Chunki radiaktivlik xossasiga ega bo'lgan atomlar, organizmning turli organ va to'qimalarida shu moddalaming boshqa atomlari orasidan yeogillik bilan topiladi. Shuning uchun, ham tekshirilayotgan moddalar radiaktiv izotoplar bilan nishonlanib, hayvonga berilganda o'sha moddalaming organizmda qaysi organ va to'qimalarga borishi, qanday o'zgarishlarga uchrashi, organizmdan qanday holatda chiqarilib yuborilishini o'rganish mumkin. Radiaktiv izotoplarni qoilash hayot mohiyati to'g'risidagi materialistik dunyoqarashni kengaytirishga imkon beradi. F.Engels hayotni oqsil jismlarining yashash shakli deb ta’riflar ekan, hayotning bu shakli oqsilning doimo o'z-o'zidan yangilanib turishidan iboratdir, deb aytgan. Izotoplar usuli o'z-o'zidan yangilanish jarayonlarining tezligini aniqlashga imkon berdi. Ayni vaqtda, masalan, jigarda jami hujayra oqsillarining yarmi 3-5 kun davomida parchalanib ketishi, lekin xuddi shuncha oqsil yangidan sintezlanib turgani uchun hujayralar kichrayib qolmasligi, yo'qolib ketmasligi maium bo'ldi. Oqsillargina emas, balki yog'lar,
uglevodlar va boshqa murakkab organik birikmalar ham parchalanib turadi va keyin qaytadan sintezlanadi. Organizm skeletining mineral tarkibiy
qismlari ham o’z-o’zidan yangilanib turadi. Moddalar almashinuvini olganishda muvazonat usulidan ham keng qo’laniladi, ya’ni qabul qilib olgan oziqa tarkibiy qismi hazm bo’lib ketgach, ajratiladigan qoldiqlaridagi azot miqdorini aniqlash yo’li bilan o’rganiladi.
Dostları ilə paylaş: |