Moddiy nuqta dinamikasi. Tabiatdagi kuchlar va ularning xususiyatlari



Yüklə 58,47 Kb.
səhifə5/6
tarix07.01.2024
ölçüsü58,47 Kb.
#202056
1   2   3   4   5   6
Fizika 2-ma\'ruza

Elastiklik kuchi -moddiy nuqtaning muvozanat holatidan ko’chishigaproportsional va muvozanat holati tomon yo’nalgan bo’ladi (9 - rasm):
, (4.4)

9- rasm. Prujinaga osilgan jismning muvozanat holatidan siljishi
bu Erda - jismning muvozanat holatidan siljishini belgilovchi radius-vektordir, - jismning elastiklik xususiyatiga bog’liq bo’lgan proportsionallik koeffitsienti.
Ishqalanish kuchi- jismning boshqa jism sirtida sirpanishiga qarshilik ko’rsatadigan kuch bo’lib, jismning sirtiga normal bo`yicha bergan bosim kuchiga tengdir.
(4.5)
k – jism sirtining holatiga bog’liq bo’lgan ishqalish koeffitsienti. Rn – jism sirtiga normal bo`yicha yo’nalgan bosim kuchi.
Ishqalanish kuchining tabiati quyidagilardan iborat:
*Elektromagnit tabiatiga ega bo’lgan tinchlikdagi ishqalanish kuchi, u ishqalanayotgan sirtlar turiga bog’liq bo’ladi;
*Elektromagnit tabiatga ega bo’lgan sirpanishdagi ishqalanish kuchi. Buerda sirpanish koeffitsienti ishqalanayotgan moddalar tabiatiga bog’liq bo’ladi;
*Elektromagnit tabiatga ega bo’lgan chayqalishdagi ishqalanish kuchi, u chayqalishdagi ishqalish koeffitsientiga bog’liq bo’ladi;
Qarshilik kuchi -gaz va suyuqliklarning ilgarilanma harakatlarida hosil bo’ladigan kuchdir.
Gaz va suyuqliklarda harakatlanuvchi har qanday jism qarshilikka uchraydi va bu ilgarilanma harakatni susaytirishga olib keladi. Bu kuch harakatlanuvchi jismning harakat tezligiga kuchli bog’lanishda bo’ladi:
(4.6)
bu yerda k1 – muhitni xarakterlovchi doimiylik (moy, suv, yopishqoq suyuqliklar). Bu kuch suyuqlik yoki gazning harakat tezligiga proportsional kuch bo’lib, kichik tezliklar uchun o’rinli bo’ladi. Katta tezliklarda esa formula biroz boshqacha ko’rinishga ega bo’lib, kuch tezlikning kvadratiga proportsional bo’ladi.
(4.7)
Arximed kuchi - gaz yoki suyuqliklar ustunlarining har xil balandliklaridagi bosimlarning farqi hisobiga itarish kuchlari hosil bo’ladi. Idishning shakliga bog’liq bo’lmaydigan, suyuqlik yoki gaz ustunining birlik yuzasiga ta’sir etuvchi bosim quyidagicha ifodalanadi:
P = F/S = mg/S = ρgh
Bu yerda S – suyuqlik yoki gaz ustunining yuzasi, h – ustun balandligi, ρ – suyuqlik yoki gazning zichligi.

Yüklə 58,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin