Moddiy nuqta dinamikasi. Tabiatdagi kuchlar va ularning xususiyatlari



Yüklə 58,47 Kb.
səhifə1/6
tarix07.01.2024
ölçüsü58,47 Kb.
#202056
  1   2   3   4   5   6
Fizika 2-ma\'ruza


. Moddiy nuqta dinamikasi. Tabiatdagi kuchlar va ularning xususiyatlari. Dinamikaning asosiy vazifasi. N’yutonning birinchi qonuni. Inersial sanoq tizimi tushunchasi. Massa va kuch tushunchasi. N’yutonning ikkinchi qonuni harakat. Ilgarilanma harakat dinamikasining asosiy tenglamasi. N’yutonning uchinchi qonuni. Noinersial sanoq tizimlari. Inersiya kuchlari.
Reja:
1. Dinamikaning asosiy vazifasi. Massa.
2. N’yuton qonunlari.
Tayanch iboralari: Massa -jismning inersiya o‘lchovidir, Kuch – har qanday o’zaro ta’sir mahsuli.
Dinamikaning asosiy vazifasi.
O‘tgan kinematika asoslari bobida moddiy nuqtaning harakatini, bu harakatni vujudga keltirgan sabablarga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘rgandik. Dinamika bo‘limida esa jismlarning harakati qonunlari va bu harakatni keltirib chiqargan yoki o‘zgartiradigan fizik sabablar o‘rganiladi. Dinamika mexanikaning asosiy bo‘limi bo‘lib, uning asosida N’yuton qonunlari yotadi.
Tajribalarni ko‘rsatishicha, ayni bir xil ta’sir tufayli turli jismlar turlicha tezlanish oladi. Jismning olgan tezlanishining kattaligi faqat ta’sirning kattaligigagina emas, balki shu bilan birga jismning ba’zi xususiy hossasiga ham bog‘liq bo‘lar ekan. Jismning bu xossasi massa deb ataladigan fizik kattalik bilan xarakterlanadi. Massa jismning inersiya o‘lchovidir. Bir xil ta’sir tufayli jism massasi katta bo‘lsa inersiyasi ham katta bo‘ladi, jism massasi kichik bo‘lsa inersiyasi ham kichik bo‘ladi.
Jismning massasini biror ixtiyoriy tanlab olingan etalon jismning massasiga solishtirish bilan aniqlanadi. Xalqaro kelishuvga muvofiq bunday etalon sifatida Parijda saqlanadigan platinairidiy qotishmasidan tayyorlangan silindir olingan, uning massasi kilogramm massa (kg) deyiladi. Massa m harfi bilan belgilanadi va massa birligi 1 kg deb qabul qilingan. 1sm3 distillangan suvning 40C dagi massasi 1 g ga teng.
Kuzatishlarning ko‘rsatishicha, jismga ko‘rsatilayotgan ta’sir bu jismning tezlanish olishi tarzidagina emas, balki jismning deformatsiyalanishi shaklida ham namoyon bo‘lishi mumkin. Masalan, devorga urilgan o‘q devorga tezlanish bermasada, lekin devorda chuqurcha hosil qiladi, ya’ni o‘q ham, devor ham deformatsiyalanadi va issiqlik miqdorining ajralishi kuzatiladi.
Umuman, jismga beriladigan ta’sirni kuch deb ataladigan kattalik bilan ifodalanadi va uning miqdori jism erishadigan tezlanish yoki deformatsiya bilan aniqlanadi. Kuch F harfi bilan belgilanadi va kuch birligi SI sistemasida N’yuton deb qabul qilingan bo‘lib, dinomometrlarda o‘lchanadi.

Yüklə 58,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin