3. Uchinchi yo`nalish - kompyuter ekranida funksiya grafiklarini modellashtirish - kasbiy kompyuter tizimlarida keng qo`llaniladi. Masalan, Logo dasturi funksiya grafiklari, tenglama va tenglamalar tizimini yechish va ularning natijalarini olish imkoniyatlarini beradi. Eng muhimi shundaki, kompyuterda modellashtirish texnologiyasidan foydalanish haqiqiy voqelikni anglashda, bilish jarayonini amalga oshirishda yangi bosqich rolini o`ynaydi.

Ma`lumotlar modellari shakli qanday bo`lishidan qat`iy nazar quyidagi talablarni bajarishi kerak:
1. Soddalik. Ma`lumotlar modeli kam sondagi bog`lanishli tuzilish turlariga ega bo`lishi lozim. 2. Yaqqollik. Ma`lumotlar modeli vizual (ko`zga ko`rinadigan, tasvirlanadigan) bo`lishi kerak. 3. Qismlarga bo`linishi. Ma`lumotlar modeli ma`lumotlar omborida oddiy o`rin almashtirish imkoniyatiga ega bo`lishi lozim. 4. O`rin almashtirish. Ma`lumotlar modeli o`ziga o`xshash modellar bilan almashtirilish imkoniyatiga ega bo`lishi kerak.
5. Erkinlik. Ma`lumotlar modeli aniq bo`lakchalarnigina o`z ichiga olmasligi lozim.
Yuqorida ko`rsatilgan talablar ham yaratiladigan modellarning idealligini ta`minlay olmaydi. Chunki modellashtirishda haqiqiy ob`ektning ba`zi bir muhim xususiyatlarigina ishtirok etadi xolos.
2. Modellashtirish bosqichlari.
Fizik-kimyoviy modellardan foydalanib kompyuterli modellashtirishda uchta hisoblash algoritmini amalga oshirish talab qilinadi:
Taklif qilingan matematik modelga mos tuzilgan matematik ifoda (algMM)to’g’riligini baholash;
Idintifikatsiyalash algoritmini(algIDENT) bunda taklif etilgan matematik model bilan tajriba ma’lumotlari adekvatligini (mosligini) ta’minlash uchun optimallashtirish usulini qo’llash;
Optimallashtirish algoritmi (algOP) bunda adekvat MMdan foydalangan holda kutilgan talab mezonga ko’ra real jarayonning optimal marametrlarini aniqlash.