MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference
139
ta'kidlangan. Ta'limiy maqsad asosida o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, og‘zaki va
yozma savodxonlikni oshirish, mantiqiy tafakkurni rivojlantirish orqali ularning
muloqot madaniyati takomillashtiriladi. Tarbiyaviy maqsad asosida esa
ma'naviy, g‘oyaviy, nafosat tarbiyasi beriladi. Til o‘rganish jarayonida xalqning
madaniy-axloqiy qadriyatlariga yaqinlashtirish imkoni paydo bo‘ladi.
Boshlang‘ich sinflarda interfaol metodlar va ta'limiy o‘yinlardan,
zamonaviy
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan
foydalanish
o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, ijodiy izlanish va mantiqiy fikrlash doiralarini
kengaytirish bilan birga ularni darslarda o‘rganganlarini hayot bilan bog‘lashga,
qiziqishlarini oshirishga yordam beradi. O‘qituvchilarning bunday zamonaviy
talablar asosida yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanib, darslarni ilg‘or
pedagogik hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida tashkil
etilishi ta'lim-tarbiya jarayonini sifatini kafolatlaydi.
O‘qitishning o‘yin shakli kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar uchun
darslarni o‘zlashtirishning asosiy vositasi hisoblanadi. O‘yinning o‘qitish-
o‘rgatish jarayonidagi imkoniyatlari olimlar tomonidan – didaktik o‘yinlarni
maxsus o‘rganilishiga olib keldi.
Didaktik o‘yin – o‘yinning shunday turi bo‘lib, u yangi bilimlarni
o‘zlashtirish, umumlashtirish, mustahkamlash, bilish jarayonini faollashtirish,
kichik bolalarni o‘quv faoliyatiga ko‘niktirishga ko‘maklashadi. Didaktik o‘yin
murakkab, ko‘p qirrali hodisadir. Didaktik o‘yinlarda nafaqat bilimlar
o‘zlashtiriladi, ko‘nikmalar hosil qilinadi, balki bolalarning barcha ruhiy
jarayonlari ham rivoj topadi.
Didaktik o‘yinlar - qoidalar asosidagi o‘yinlarning bir turi bo‘lib, bolalarni
o‘qitish va tarbiyalash maqsadida pedagoglar tomonidan maxsus yaratilgandir.
Didaktik o‘yinlarda aqliy faoliyatning umumlashgan usullari mujassamlashadi,
barcha bilish jarayonlari intellektga yo‘naltiriladi, hamda ichki harakat rejalari
shakllana boshlaydi.
Didaktik o‘yinlarning asosiy belgilaridan biri aniq maqsadning va unga
mos pedagogic samaraning mavjudligidir. “Didaktik o‘yin – o‘qish-o‘rgatish
uchun mo‘ljallanganmaxsus o‘yin; ma’lum qoidalar(shartlar) bilan cheklangan,
ma’lum ko‘zlovchi (yutuq, sovg‘a) o‘yinchilar orasidagi musobaqadir”. Didaktik
o‘yin o‘rgatish shakli sifatida o‘quv (bilish) va o‘yin (qiziqtirish) dan iboratdir.
O‘qituvchi o‘rgatadi, o‘quvchilar esa o‘yin orqali darsni o‘zlashtirishadi va
o’rgangan bilimlar orqali matematik kompetentsiyalari rivojlanadi.
Bizningcha, ta'limiy o‘yinlarga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardan
iborat: