Modernization of Higher Education in Central Asia through New Technologies (HiEdTec)


Tarmoq va tarmoq arxitektura tushunchasi



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/10
tarix27.10.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#66549
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Topologilar (1)

2. Tarmoq va tarmoq arxitektura tushunchasi 
Tarmoq so’zining ma’nosi narsalarning, qurilmalarning yoki odamlarning 
o’zaro bog’langan tizimi yoki guruhini anglatadi. Kompyuter tarmoqlari esa eng 
kamida o’zaro ulangan ikkita kompyuterlar tizimi tushuniladi. Tarmoq shartini 
bajarilishi faqatgina o’zaro bog’lanish emas, balki o’zaro ma’lumot almashish 
jarayoni amalga oshirilishi shart.
Tarmoq arxitektura esa yuqorida ta’kidlanganidek, kompyuterlarni bog’lanishi 
orqali hosil qilingan tarmoqni qanday asosda qurilganini, qanday qurilmalardan 
foydalanilgani, qaysi protokollar ishlatilgani, tizimda qanday muhitlardan 
foydalanib ma’lumotlar uzatilishi yoki har bir jarayonni fizik va mantiqiy holatlarni 
bajarilishini pog’onalarga ajratib bajarilishi tushuniladi. Har bir tarmoq arxitekturasi 
belgilangan standartlar asosida yoki xech qanday standartga asoslanmagan holatda 
ishlab chiqilishi mumkin. Masalan, kompyuter tarmoqlarini OSI etalon modeli 
asosida qurish bilan global miqyosida ma’lumot almashishni ta’minlash mumkin. 
Sababi dunyoda ko’plab mamlakatlarning kompyuter tarmoqlari ushbu etalon 
asosida ishlaydi. Agar OSI modeliga asoslanmagan qandaydir belgilanmagan 


Modernization of Higher Education in 
Central Asia through New Technologies 
(HiEdTec)

standartga asosan kompyuter tarmoqlari loyihalansa, o’sha tizim ichidagi qurilmalar 
o’zaro ma’lumot almasha oladi, OSI asosidagi tarmoq bilan esa ma’lumot almasha 
olmaydi, sababi uning standarti boshqacha. Quyida 1-rasmda kompyuter tarmoqlari 
OSI modeli asosida qurilgan arxitekturasi keltirilgan. 
(a) 
(b) 
(c) 
1-rasm. a) Internet, b) kompyuter va c) telefon tarmoqlarining arxitekturalari 
Boshqacha qilib aytadigan bo’lsa, turli xil tarmoq arxitekturalari ko’plab 
standartlar asosida ishlab chiqiladi, masalan, matnni formati, matni raqamli 
ko’rinishga o’zgartirish, raqamli matnni signal ko’rinishiga o’zgartirish yoki 
aksincha, signalli axborotlarni simsiz muhitda uzatish, qabul qilish jarayonlari 
ma’lum standartlar asosida ishlab chiqiladi. Tasavvur qiling ikki standart asosida 
ishlab chiqilgan tizim orasida ma’lumot almashish qanchalar murakkab bo’ladi. 
Shuning uchun ham global tarmoqlarni loyihalash va qurish uchun yagona 
standartdan foydalanish har doim afzal hisoblanadi. Bu xuddi ko’plab millatlarni 
bitta zalda ingliz tilida gaplashishi qanchalik osonligini ko’rsatadi. Agar har bir 
millat o’zining tilada gaplashsa, ularni tushunish uchun qancha tarjimon kerak 
bo’ladi yoki ba’zi tillar uchun tarjimon topilmasligi ham mumki. Shuning uchun 
ham tarmoqlarni qurishda yagona arxitekturaga asoslanish tarmoqni sodda va kam 



Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin