4. Tarmoq topologiyalari
Modernization of Higher Education in
Central Asia through New Technologies
(HiEdTec)
6
Kompyuter tarmoqlarining topologiyalari
Tarmoq tushunchasi haqida 1 bo’limda qisqacha izohlangan bo’lsada, tarmoq
ikki yoki unda ortiq bo’lgan tarmoq xizmatlari (matn, ovoz, video, chat va boshqa
xizmatlar) foydalanuvchilari o’rtasida o’zaro ma’lumot almashish jarayonini taqdim
etuvchi qurilmalar, dasturiy ilovalar, dasturiy ta’minot va uzatish muhitlarining
majmuasidan tashkil topadi. Tarmoqlarning ko’p turlari mavjud bo’lib, faqat keng
tarqalgan tarmoq turlariga mahalliy tarmoq (LAN) va global tarmoqlarini (WAN)
misol qilib keltirish mumkin. Juda ko’p hollarda shahar tarmoqlari (MAN) ham
global tarmoqlari sifatida etirof etiladi (1 bo’limga qarang). WAN tarmoqlarida
kompyuterlar bir-biri bilan uzoqroq yoki global miqyosida turli operatorlarning
aloqa liniyalari, radio to’lqinlari yoki boshqa ulanish vositalari orqali ulanadi.
Tarmoqlar odatda uchta xususiyat ko’ra tasniflanadi: topologiya, aloqa protokollar
va arxitektura.
Tarmoq topologiyasi - bu aloqa kanallari va xostlarni bir-biri bilan o’zaro
bo’glanishini tashkil etilishi usullari tushuniladi, ya’ni kompyuterlarning fizik va
mantiqiy jixatdan o’zaro bog’lanishiga tarmoq topologiyasi deyiladi. Tarmoqning
fizik topologiyasi deganda tarmoqdagi qurilmalarning fizik joylashuvi va o’zaro
uzatish muhitlari orqali bog’lanilishi tushunilsa, mantiqiy topologiyada esa
tarmoqning qurilmalari o’rtasida qanday ma’lumot uzatilishi va qabul qilinishi
tushuniladi. Tugunlar orasidagi masofa, fizik jixatdan o’zaro bo’lanishi, ma’lumot
uzatish tezligi yoki signal turlari ikki xil tarmoq o’rtasida farq qilishi mumkin, ammo
ularning mantiqiy topologiyalari bir xil bo’lishi mumkin. Tarmoqning fizik
topologiyasi - bu OSI modelining fizik pog’onasi orqali ifodalanadi.
|