Bino va inshootlarning yong‘in xavfsizligi,
odatda, ularning o‘tga chidamlilik darajasi bilan
ifodalanadi. Bu esa, o‘z navbatida, ularda ishiatilgan
qurilish ashyolarining yonuvchanlik xususiyatlariga
bevosita bog‘liq bo‘ladi. Qurilish ashyolarining
yuqori harorat ta’siridan alangalanib yoki cho‘g‘lanib
yonishi
natijasida
parchalanishi
ularning
yonuvchanligini bildiradi. KMK 2.01.02-85 raqamli
yong‘in xavfsizligi me’yorida qurilish ashyoiari
yonuvchanlik xususiyatlari bo‘yicha uchta guruhga
bo‘lingan: yonmaydigan, qiyin yonadigan va
yonuvchi guruhlar.
Dostları ilə paylaş: