uyushma organlari va ularning mehnatni muhofaza
qilish bo‘yicha komissiyalari
bilan doimiy aloqada
bo‘ladi.
Ishlab
chiqarish
jarayonida
xavfsizlik
texnikasining
holatiga
javobgarlik
o‘zlariga
topshirilgan
ish
uchastkasi
chegarasida
ish
yurituvchilarga yuklanadi.
Tashkilot va korxonalarda mehnatni muhofaza
qilish bo‘yicha ishlar hukumat qarorlari va
ko‘rsatmalariga amal qilgan holda amalga oshiriladi.
Korxonada mehnatni
muhofaza qilish holatini,
mehnatni muhofaza qilish va sharoitlarini yaxshilash
bo‘yicha chorak va yillik rejalar tuzishni kuzatib
borish
muhandis-texnik
xodimlarning
amaldagi
qonunchilik, buyruqlar
va boshqa normativ aktlarga
rioya qilinishini nazorat qilish kabi kundalik ishlarni
xavfsizlik texnikasi bo‘yicha bo‘lim (muhandis)
bajaradi. Xavfsizlik texnikasi bo‘yicha muxandis
kirish instruktaji o‘tkazadi,
ishlarni bajarish
loyihalarini ko‘rishda qatnashadi, mehnatni muhofaza
qilish masalalari bo‘yicha buyruqlar loyihasini
tayyorlaydi, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish
sanitariyasi bo‘yicha xona,
burchaklar, devoriy
ko‘rgazmalar jihozlaydi.
Xavfsizlik
texnikasi
xizmati
qurilishdagi
muhandislik ish staji uch yildan kam bo‘lmagan
bakalavr yoki magistrlik ma’lumotiga ega bo‘lgan
xodimlardan tuziladi.
Xavfsizlik texnikasi xizmati ishiga tashkilotning
bosh muxandisi rahbarlik qiladi.
Dostları ilə paylaş: