Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering Green Building (greb)



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/207
tarix26.10.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#161621
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   207
5c78e023dfdea (1)

 
 
Yorug’lik manbalari 
Sun’iy yoritish elektr Yorug’lik manbalari 
yordamida amalga oshiriladi. Ular issiqlik nurlari – 
elektr chug‘lanish lampalari yoki lyuminessent 
nurlanish tamoyiliga – simob, natriy va lyuminessent 
lampalarga asoslanadi. Cho‘g‘lanish lampalarida 
quvvat asosan (80 foiz) issiqlik nurlari va faqat 10 
foiz spektrning ko‘rinadigan qismidagi nurlanishga 


sarflanadi. 
Cho‘g‘lanish 
lampalarining 
asosiy 
xarakteristikasi: 
nominal 
kuchlanish, 
quvvat, 
Yorug’lik oqimi, Yorug’lik berish va xizmat muddati. 
Volframdan keluvchi ip Yorug’lik manbai sanaladi. 
Kichik quvvatli (60 Vt gacha) cho‘g‘lanish 
lampalarini vakuumli, katta quvvatli gaz-to‘ldirilgan 
qilib tayyorlanadi. Lampa kolbalari neytral gaz argon 
yoki azot bilan to‘ldiriladi;yangi shakldagi lampalar 
kripton yoki ksenon bilan; cho‘g‘lanma iplar ikkitali, 
zig-zagli yoki ikkitali spiral bo‘ladi. Normal 
cho‘g‘lanish 
lampalarining 
o‘rtacha 
yonish 
davomiyligi amaldagi standart bo‘yicha 1000 
soatgachani tashkil qiladi. Lampaning Yorug’lik 
berishi 20 lm/Vt ning oshmaydi. 
Lyuminessent lampa – bu shisha trubka, ichida 
lyuminoformli qoplov mavjud. Trubka nihoyasida 
volfram bispiral ko‘rinishida metall elektrodlar 
ulangan. Lampa ichida simob va argon juftliklari 
aralashmasi bor. Aralashma orqali elektr tokining 
o‘tishi lyuminofor yonishini hosil qiluvchi ko‘zga 


qo‘rinmas ultrabinafsha nurlar chiqishi bilan uyg‘un 
hamohang bo‘ladi. SHu tariqa, quvvat avval 
ultrabinafsha nurlarga aylanadi, so‘ng lyuminofor 
yordamida ko‘rinuvchan Yorug’likka aylanadi. Turli 
lyuminoforlar (magniy volfromati, kalsiy, ruh silikat
kadmiy borat va boshqa materiallar) dan foydalangan 
holda lampalarga turli rang berish mumkin. 
Trubkasimon lyuminessent lampalar bu – past bosimli 
simob lampalari hisoblanadi. 
Lyuminessent lampalarining ustunligi shundaki, 
ular katta Yorug’lik beradi (750 lm/Vt), (10000 soat) 
uzoq xizmat muddatiga ega, elektr quvvati xarajati 
bo‘yicha o‘ta tejamkor, uncha katta bo‘lmagan 
ravshanlikka ega, ko‘zga salbiy ta’sir etmaydi, eng 
yaxshi spektral tarkibga egaligi bilan afzal. 
Trubkasimon 
lyuminessent 
lampalarning 
kamchiligi va nuqsonlari: yoqish va yonish rejimini 
barqarorlashtirish uchun maxsus izga soluvchi 
apparatura zarur, bu esa ularning ekspluatatsiyasini 
murakkablashtiradi va ishlab chiqarish mahsuldorligi 


koeffitsientini pasaytiradi. Lyuminessent lampadan 
taralayotgan Yorug’lik stroboskopik bo‘lmagani bois 
mashinalarning aylanayotgan qismlari lampa bilan 
yoritilganda 
harakatsiz 
yoki 
ko‘p 
ko‘rinishi 
mumkin.Bu effektni o‘zgaruvchan tok tarmog‘ining 
turli fazalariga qushni lampalarning yoqilishi bilan 
kamaytirish mumkin.Atrof – muhit harakatining 
o‘zgarishiga nisbatan katta sezgirlik trubkasimon 
lyuminessent 
lampalarning 
asosiy 
nuqsoni 
hisoblanadi. + 50 S dan past havo haroratida, 
shuningdek tarmoqda kuchlanishning lyuminessent 
lampaning nominal yoqilishi bilan qiyosiy 10 foizga 
pasayishi ular Yorug’lik bermasligiga olib keladi. 
Lampa ishining normal rejimi atrof-muhitning 18-250 
C haroratidagina ta’minlanadi. YUqori haroratda (30-
350 C dan ortiq) lampalardan drossellar qizib ketishi 
yoki ishdan chiqishi ehtimoli bois foydalanib 
bo‘lmaydi, bu yongin xavfsizligi qoidalariga zid 
keladi. 


Hozirgi paytda turli rangdagi 5 turdagi 
lyuminessent lampalar chiqarilmoqda: kunduzgi 
lampalar – KL, sovuq-oq - SOL, oq - OL, iliq - oq - 
IOL, rang uzatish yo‘nalishli lampalar – RUL; rangi 
bo‘yicha KL va RUL qaysidir darajada kunduzgi 
tabiiy Yorug’likka yaqin. IOL rangi bo‘yicha 
cho‘g‘lanish lampalariga yaqinroq. SOL va OL 
lampalar rangi bo‘yicha kunduzgi Yorug’lik va 
cho‘g‘lanish lampalari Yorug’ligi o‘rtasidagi oraliq 
holatga o‘xshash. Oq lampalar o‘ta tejamli, ularning 
Yorug’lik berish quvvati RUL lampalariga qaraganda 
60 foizdan ortadi va KL lampalarga nisbatan 30%ga 
ortiqni tashkil qiladi. 
Lampaning Yorug’lik oqimi xizmat muddati 
oxirlab qolganda boshlang‘ich xajmidan o‘rtacha 56 
foizni 
tashkil 
qiladi. 
Nominal 
ahamiyatdan 
tarmoqdagi 
kuchlanishdan 
tebranishlar 
oshib 
ketmasligi kerak. 
Past bosimli simob lampalari sanalgan 
trubkasimon lyuminessent lampalardan tashqari, 


sanoatda DRL shakldagi rangi o‘zgartirilgan yuqori 
bosimli simob ballonlari chiqariladi. Yorug’lik 
manbai (lampa) va yoritish armaturasidan iborat 
qurilmani yoritish asbobi deb atash qabul qilingan. 
Yoritish asboblarining 2 guruhi mavjud: yaqin ta’sir 
etuvchi-yoritg‘ich va olis ta’sirchan-projektorlar. 
Yoritgichlar (svetilnik) Yorug’lik tarqatishiga 
qarab, 3 sinfga bo‘linadi: 

to‘g‘ri Yorug’lik – butun Yorug’lik 
oqimining 90% dan kam emas, quyi yarim sferaga 
nurlanadi; 

aks etgan Yorug’lik – 90% dan kam 
bo‘lmagan butun Yorug’lik oqimi ustki yarimsferaga 
nurlanadi. 

tarqoq Yorug’lik – Yorug’lik oqimi ikkala 
yarimsferalar bo‘yicha shunday taqsimlanganki, 
ulardan biriga 10% dan ziyodi, boshqasiga kamida 90 
foizi nurlanadi. 


Yoritgichlarning 
asosiy 
xarakteristikasiga 
Yorug’likni taqsimlash, foydali koeffitsient va himoya 
burchagi kiradi. 
Yoritgichning foydali harakat koeffitsienti uning 
tejamliligi bilan ifodalanadi va Fyor – yoritgichning 
Yorug’lik oqimining undagi Fyor Yorug’lik 
manbaining 
nisbati 
bilan 
belgilanadi, 
ya’ni 
yoritgichning eng yaxshi namunali foydali harakat 
koeffitsienti (FHK) 0,8 dan ortiqni tashkil qiladi. 
Yoritgichning himoya burchagi ko‘zni lampaning 
yorqin qismlari ta’siridan himoyalash darajasini 
belgilamaydi. 
Himoya burchagi kattaligiga qarab, ko‘zni 
qamashtiruvchi ta’sirni cheklash talablaridan kelib 
chiqqan holda, yoritgichning osma balandligini 
me’yorlaydilar. Himoya burchagi qanchalik katta 
bo‘lsa, yoritgichning ko‘zni qamashtiruvchi ta’siri 
shuncha kam bo‘ladi. 10dan 300 gacha himoya 
burchagi optimal (ma’qul) hisoblanadi. 200 Vt dan 
ortiq quvvatli lampali yoritgichlar pol sathidan 3 m 


yuqorida osilishi lozim. 100 kam himoya burchagida 
osma balandligi 4 m dan kam bo‘lmasligi lozim. 
Yoritgichlarning joylashuvi imkon qadar teppa-
teng bo‘lishi kerak. Ish maydoni uzra yoritgichning 
osma balandligida Nr 2 yoritgich o‘rtasidagi masofa 
tanlanadi, N (1,5-2) ga teng bo‘lishi kerak. 
Avariya yoritilishini davom ettirish uchun yoki 
to‘satdan ishchi yoritilish o‘chib qolganda, insonni 
xavfsiz joyga ko‘chirish zarur bo‘lgan holatlarda, 
binolar va ochiq makonlarda ko‘zda tutilgan bo‘lishi 
lozim. Ishni davom ettirish uchun avariya yoritilish 
avariya rejimida xizmat talab etuvchi ish yuzalarida 
birgina umumiy cho‘g‘lanish lampalari yordamida 
yoritilish tizimida belgilangan me’yorlardan 20 foiz 
kam bo‘lmagan Yorug’likni ta’minlashi lozim. 
Avariyali yoritilish avtomatik tarzda yoqiladi va 
o‘zgaruvchan tok tarmog‘idan ishchi yoritilish bilan 
bir vaqtda ishlaydi, tashqi akkumulyator batareyalari 
yoki 
aloqa 
korxonalarining 
zahira 
elektr 
stansiyalaridan oziqlanishga ulanadi. 


Insonlar evakuatsiyasi uchun avariyali yoritishni 
qo‘l yordamida yoqishga ruxsat beriladi. Pol sathida 
va zinapoyalar pog‘onalarida asosiy o‘tish liniyalari 
bo‘yicha yoritish kamida 0,3 lk bo‘lishi, ochiq 
joylarda-kamida 0,2 lk bo‘lishi zarur. Jamoatchilik 
binolarining chiqish eshiklarida (bir vaqtning o‘zida 
50 dan ortiq kishi bo‘lishi mumkin). Chiqishda 
yonuvchi ko‘rsatkichlar bo‘lishi lozim. 
Avariyali yoritish uchun ishchi yoritgichlardan 
yoritish tipi, xajmi yoki maxsus belgilari bilan 
farqlanadigan yoritgichlar qo‘llaniladi. Antenna 
maydonlarini yoritish va radiomachtalarning signal 
yoritilishi maxsus yo‘riqnoma talablariga muvofiq 
tarzda amalga oshiriladi.



Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin