1.9. Operativ tokning manbalari va sxemalari
Vazifasi va asosiy talabi.
Operativ tok manbasi o‘chirgichning
distansion boshqaruvi, RH qurilmalari, avtomatika va boshqa boshqaruv
vositalar zanjirini ta’minlash uchun kerak bo‘ladi.
Himoya elementlarini, shikastlangan liniya va qurilmalarni,
o‘chiradigan uskunalarni operativ zanjirlar orqali tok bilan ta’minlash
juda muhimdir. Shuning uchun operativ tok manbasi javob berishi kerak
bo‘lgan a s o s i y t a l a b qo‘yidagidan iborat: shikastlanish va
nonormal rejim vaqtida operativ tok manbasining kuchlanishi va uning
quvvati RH, avtomatika, telemexanika va signalizatsiya qurilmalarini
nuqsonsiz ishlashi, o‘chirgichlarni ishonchli o‘chirish va qo‘shish uchun
etarli bo‘lishi kerak.
Operativ tok zanjirlarini ta’minlash uchun o‘zgarmas va
o‘zgaruvchan operativ tok manbalari qo‘llaniladi.
O‘zgarmas operativ tok.
O‘zgarmas operativ tok manbasi sifatida
nominal kuchlanishi 110–220 V li akkumulyator batareyalar, ba’zan katta
bo‘lmagan nimstansiyalarda 48 V li akkumulyator batareyalari xizmat
qiladi. Akkumulyator batareyalaridan barcha RH qurilmalari, avtomatika,
boshqaruv zanjiri va signalizatsiyaga markazlashtirilgan ta’minot bilan
amalga oshiriladi.
GB akkumulyator batareyasi yig‘ma shinaga ulanadi (1.17–rasm),
undan esa barcha o‘zgarmas tok iste’molchilar ta’minlash amalga
oshiriladi. Akkumulyator batareyalari asosan doimiy zaryadlangan
rejimda ishlaydi, bu esa to‘liq zaryadlangan holatda ishlashga uzluksiz
tayyorlikni ta’minlab beradi. SHu maqsadda yig‘ma shinada
GB
ga
parallel bo‘lgan doimiy ishlovchi qo‘shimcha zaryadlovchi qurilma
ulangan. Dastlab shu singari qurilmalar o‘zgaruvchan tok tarmog‘idan
ta’minlanuvchi elektr motori orqali ishga tushiriladigan o‘zgarmas tok
generatori ko‘rinishida bajarilgan, keyingi yillarda yarimo‘tkazgichli
to‘g‘rilagichlar qo‘llanila boshlandi.
V2
V1
~
~
SF
SF
SF
SF
FQ
FQ
FA
FQ
FH
ShU
ShV
ShS
ZQ II
QZ I
GB
Avariyaviy
yoritish
Yig
‘
ma
shina
Izolyasiya
nazorati
Signal
KL
KL1
+
_
1.17–rasm. RH operativ zanjirlari, boshqaruv va signalizatsiya operativ
o‘zgarmas tok manbasining prinsipial sxemasi
RH va avtomatika zanjiri, o‘chirgichning boshqaruv va uning
elektromagnit uzgichi ma’suliyati yuqori bo‘lgan hudud hisoblanadi, ular
boshqaruv
shinasi
deb
yuritiladigan
shinadan
ta’minlanadi.
O‘chirgichning elektromagnit qo‘shish zanjiri qiymati bo‘yicha ikkinchi
hudud hisoblanadi, ular alohida
ShV
shina zanjiridan ta’minlanishi
mumkin. Ma’suliyati kichik, qiymati bo‘yicha uchinchi hudud
signalizatsiya hisoblanib,
ShS
shinasidan ta’minlanadigan. O‘zgarmas
tokning qolgan iste’molchilar (avariyaviy yoritish, shaxsiy ehtiyojning
ba’zi elektr motorlari) uchinchi hududni tashkil qiladi, ular alohida
yig‘ilgan shinadan yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri yig‘ma shinaga ulanadi,
ShU
,
ShS
,
ShV
shinalar ishonchlilik nuqtai nazaridan seksiyalarga bo‘linadi.
Elektr stansiyalar va katta quvvatli tugun nimstansiyalarida asosiy
yig‘ma shinasining ta’minlash boshqaruv zanjiri ishonchliligini oshirish
uchun (agar asosiy shinada shikastlanish bo‘lsa) ikkita seksiya
ko‘rinishida bajariladi, ularning har biri avtomatik o‘chirgich yoki
saqlagichlar orqali akkumulyator batareyalaridan ta’minlanadi.
ShU
,
ShS
,
ShV
shinalarga ulangan iste’molchilar hududiy prinsip bo‘yicha
uchastkalarga bo‘linadi (220, 110 kV li TQ; boshqaruv shiti va h.k.).
Bunday uchastkalarning har biri xalqasimon sxema bo‘yicha turli
seksiyalardan kamida ikkita liniyalar bilan ta’minlanadi.
Barcha simlar va unga ulangan elementlar QT dan ishonchli
himoyaga ega bo‘lishi kerak. Ular
FQ
saqlagichlar, yoki avtomatik
o‘chirgichlar orqali bajariladi. Asosiy ta’minlash zanjiriga va
GB
batareyadan yig‘ma shinaga ketadigan simda ham
SF
avtomatik
o‘chirgich yoki saqlagichlar o‘rnatiladi. Barcha saqlagichlar va avtomatik
o‘chirgichlar ishlash vaqti bo‘yicha muvofiqlashishi va o‘zgarmas tok
tarmog‘ida
QT
bo‘lsa
shikastlangan
elementni
o‘chirishda
tanlovchanlikni ta’minlash kerak. Himoyalovchi qurilmaning ishlash toki
yuklamaning maksimal tokidan quriladi va ularning ishlashi keyingi
zahiralanadigan hududning oxirida QT bo‘lsa ham ta’minlanishi kerak.
O‘zgarmas tok tarmog‘ida buzilishlarni ko‘rsatish uchun maxsus
nazorat qiluvchi qurilmalar ko‘rib chiqiladi. Masalan, saqlagichlarning
sozligi,
elektromagnit
uzgichining
zanjirini
butunligi
va
SQ
o‘chirgichining yordamchi kontaktlari
KH
relesi bilan nazorat qilinadi
(1.18–rasm).
O‘zgarmas tok tarmog‘ida yerga tutashuv bo‘lishi mumkin. Agar
ikkita har xil
K1
va
K2
nuqtalarda yerga tutashuv bo‘lsa (1.19–rasm), RH
kontaktlari shuntlanadi va
YAT
elektromagnit uzgichda tok paydo bo‘ladi,
buni ta’siridan o‘chirgich noto‘g‘ri o‘chishi mumkin. Shunday
o‘chishlardan ogohlantirish uchun o‘zgarmas tokda “er” paydo bo‘lishini
nazorat qiluvchi o‘rnatiladi. Nazorat
V1
va
V2
voltmetrlar va
KL
signal
relesi yordami bilan amalga oshiriladi (1.17–rasm).
Akkumulyator batareyalari RH qurilmalarini ta’minlashda eng
ishonchli manba hisoblanadi
, chunki ular asosiy o‘zgaruvchan tok
tarmog‘ining holatiga bog‘liq bo‘lmagan holda, har doim zaruriy
kuchlanish va quvvat darajasi bilan ishlash uchun tayyor holatda bo‘ladi.
Shuning bilan birga, akkumulyator batareyalarining kamchiliklari ham
mavjud. Yuqori ishonchliligi sababli ular kuchlanish 110 kV va undan
yuqori bo‘lgan elektrostansiya va nimstansiyalarda ishlatiladi. Ular
boshqa operativ tok manbalariga nisbatan qimmat, ular uchun
zaryadlovchi qurilma, maxsus bino talab etiladi, ularga xizmat ko‘rsatish
uchun malakali xodim kerak. Markazlashgan ta’minot tufayli murakkab,
uzun, qimmat turuvchi va ko‘p sonli nazorat kabellari talab etiladigan
o‘zgarmas tok tarmog‘i hosil bo‘ladi.
RH
SQ
YAT
K1
K2
RH
SQ
YAT
KH
1.18–rasm.
KH
relesi
yordamida
o‘chirgichning
o‘chirish zanjirini sozligini
nazorat qilish
1.19–rasm.
O‘zgarmas tok
tarmog‘ida
o‘chirgichning
o‘chirish
zanjirining
ikki
nuqtasida
yerga
tutashuv
bo‘lganda yolg‘on zanjir hosil
bo‘lishi
Shu sababli nimstansiyaning 6, 10, 35 va ba’zan 110 kV li
taqsimlovchi tarmog‘ida o‘zgaruvchan operativ tok manbasi qo‘llanila
boshlandi.
Dostları ilə paylaş: |