Operativ tok manbasi o‘chirgichning


O‘zgaruvchan operativ tok



Yüklə 484,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix20.11.2023
ölçüsü484,95 Kb.
#164035
1   2
8-9 ma\'ruza

O‘zgaruvchan operativ tok.
Operativ zanjirlarni o‘zgaruvchan tok 
bilan ta’minlashda birlamchi tarmoqning toki va kuchlanishi ishlatiladi. 
O‘zgaruvchan operativ tok manbasi sifatida tok transformatori (TT), 
kuchlanish transfarmatori (KT) va shaxsiy ehtiyoj transformatori (ShET 
(TSN)) xizmat qiladi. 
Tok transformatori (TT)
RH operativ zanjirlari uchun QT dan 
ishonchli ta’minot manbasi hisoblanadi. QT bo‘lganda TT ning ikkiamchi 
chulg‘am toki tezda oshadi, bunga mos ravishda TT ning ikkilamchi 
kuchlanish va quvvati oshadi, ya’ni agar QT bo‘lsa operativ zanjirini 
ishonchli ta’minot manbasi ta’minlaydi. Lekin himoya qilinadigan 
birlashmada tokning oshishi kuzatilmaydigan shikastlanish va nonormal 
rejim bo‘lsa, TT ning toki va quvvati RH ning mantiqiy elementlari va 
o‘chirgichning ishlash uchun etarli darajada bo‘lmaydi. Shu sababli TT ni 
normal rejimda o‘chirgichning distansion boshqaruvida, bundan tashqari 
himoya qilinayotgan ob’ektda kuchlanish (yoki tok) yo‘q bo‘lganda 
ishlatib bo‘lmaydi. 
Kuchlanish transformatori (KT) va shaxsiy ehtiyoj transformatori 
(ShET)
himoya qilinadigan ob’ekt tarmog‘iga ulash maqsadga muvofiq 
emas, chunki QT bo‘lganda ushbu tarmoqning kuchlanishi tezda 


kamayadi va RH ning operativ zanjiri ta’minoti ishga yaroqsiz bo‘lib 
qoladi. Shikastlanish va nonormal rejimlarda tarmoqda kuchlanishning 
pasayishi sodir bo‘lmasa, o‘ta yuklanish va yerga tutashuvda RH 
zanjirlarini ta’minotida KT
 
va ShET ishlatish mumkin. 
Akkumulyator batareyalariga qaraganda o‘zgaruvchan operativ tok 
manbasining narxi arzon, qiyin bo‘lmagan xizmat ko‘rsatish talab etiladi 
va maxsus bino talab etilmaydi. O‘zgaruvchan operativ tok manbasining 
kamchiligi quvvati chegaralangan hisoblanadi, ya’ni tarmoq kuchlanishi 
35 kV va undan yuqori kuchlanishda amaliyotda qo‘llaniladigan 
elektromagnit va pnevmatik yuritmali o‘chirgichlarni o‘chirishga 
etmasligi mumkin. O‘zgaruvchan operativ tok manbasi 6–35 va ba’zi 110 
kV tarmoqlarda tokli RH ta’minotda keng tarqalgan [7,8]. 
Yarim o‘tkazgichli elementlar asosida bajarilgan RH ning operativ 
tok manbasiga alohida talab qo‘yiladi. Ushbu ta’minot manbasi 2-bobda 
ko‘rib chiqiladi. 

Yüklə 484,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin