Aloqa korxonalari va tashkilotlarida Mehnat
muxofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish va
ularning bajarilishi ustidan nazorat
Aloqa xodimlari kasaba uyushmalari yoki viloyat
kasaba uyushmalari kengashining texnik nazoratchisi
istalgan vaqtda mashina uskunalari, mexanizmlar
muvofiqligini, Texnika Xavfsizligi qoidalari talablari,
ishlab chiqarish va yordamchi binolarning sanitar
axvolini, sanitariya me’yorlari talablari, mehnat va
dam olish rejimiga amal qilishni, maxsus kiyim-bosh,
maxsus poyafzal, maxsus oziq-ovqat va ximoya
vositalarining o‘z vaqtida berilishini tekshirish uchun
aloqa korxonasini ko‘zdan kechirish xuquqiga ega.
Xar bir korxonada kasaba uyushma raisi
saylanadi, uning qoshida jamoa shartnomasini
bajarilishini nazorat etuvchi katta jamoat nazoratchisi
boshchiligidagi mehnatni muxofaza qilish komissiyasi
ishlaydi, baxtsiz xodisalarni tekshirishda, shuningdek,
TX qoidalarini bilishlarini tekshirishda ishtirok etadi.
Sexlar va bo‘limlarda kasaba uyushmalari
a’zolaridan apparaturalar, asboblarning yaroqligini,
ishchi joylarda to‘siqlarni, blokirovkalarni, hisoblash
qurilmalari va isitish tizimlari ishini, yoritilish
axvolini nazorat qiluvchi va tozalik xamda tartibga
rioya etuvchi mehnat muxofazasi jamoat nazoratchisi
tanlanadi. U ishchi joyida instruktaj (yo‘l-yo‘riq)
o‘tqazilishi, sexning barcha xodimlari tomonidan
Texnika Xavfsizligi yuriqnomalarini o‘rganish, ish
vaqti va tartibi rejimi, ta’tillar berilishi, xordiq
kunlari,
ishchilarni
ximoya
vositalari
bilan
ta’minlashni nazorat etadi. Butun aniqlagan kamchilik
va nuqsonlar xaqida jamoat nazoratchisi sex ustasi
yoki boshlig‘iga xabar qilishi va uni ishlab chiqishi
lozim. Mehnat muxofazasi bo‘yicha barcha komissiya
a’zolari jamoa shartnomasiga kiruvchi MM bo‘yicha
tadbirlar ishlab chiqishda ishtirok etadilar.
Dostları ilə paylaş: |