135
tekshirish va baholash ta’lim jarayonining zarur tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu
faqat o‘qitish natijalarini
nazorat qilish emas, balki o‘quv
jarayonining turli
bosqichlarida ta’lim oluvchilarning bilish faoliyatiga rahbarlik qilish hamdir.
Baholash
– ta’lim jarayonining ma’lum bosqichida o‘quv
maqsadlariga
erishilganlik darajasini oldindan belgilangan mezonlar asosida o‘lchash,
natijalarni aniqlash va tahlil qilishda iborat jarayondar.
YUqorida keltirilgan
fikrlardan kelib chiqib, baholashning
mohiyati haqida
quyidagi xulosalarni aytish mumkin:
Nima uchun baholash kerak?
O‘quv maqsadlariga erishilganlikni aniqlash uchun;
keyingi bosqichga o‘tishdan oldin avvalgi o‘zlashtirish
darajasini
aniqlash uchun;
natijaga erishganligini tasdiqlash uchun;
o‘quvchilarning qiziqishlarini aniqlash uchun;
yutuq va kamchiliklarni aniqlash uchun;
o‘qituvchi o‘z faoliyatiga tuzatishlar kiritishi uchun;
yalpi o‘zlashtirish darajasini aniqlash uchun;
ta’lim jarayoni yutuqlarini aniqlash uchun;
o‘quvchilarni yutuqlarga qiziqtirish uchun;
tashqi qiziquvchilarga, ish beruvchilarga, yuqori tashkilotlarga va ota-
onalarga ma’lumot berish uchun.
Nimani baholash kerak?
Nazariy bilimlarni;
amaliy ko‘nikma va malakalarni;
xulq — atvor va shaxsiy fazilatlarni.
Qachon baholash kerak?
Ta’lim jarayoni boshida (boshlang‘ich baholash);
Ta’lim jarayoni davomida (joriy baholash);
Ta’lim jarayoni yakunida (yakuniy baholash).
Dostları ilə paylaş: