Ikki va undan ortiq teng lavozimlarga bir vaqtda ... ? Ikki va undan ortiq teng lavozimlarga bir vaqtda tanlov o‘tkazilmaydi.
VM 2006 yil 10 fevraldagi 20-son Qarori bilan tasdiqlangan “Oliy talim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra
7
“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, davlat ta’lim standartlari tartibi, ahamiyati nimada ? Davlat ta’lim standartlarini va (yoki) davlat ta’lim talablarini bajarish barcha ta’lim tashkilotlari uchun majburiydir, bunda nodavlat ta’lim tashkilotlari mustaqilishlab chiqilgan va litsenziyada yoki xabarnomada ko‘rsatilgan o‘quv dasturlari asosida ta’lim faoliyatini amalga oshirishlari mumkin.
8
Akkreditatsiya qilingan ta’lim tashkilotlarining davlat ta’lim standartlariga va davlat ta’lim talablariga muvofiq ta’lim olgan bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma’lumot to‘g‘risidagi qanday hujjat beriladi? Oliy ma’lumot haqida davlat hujjati (diplom) — akkreditatsiyadan o‘tgan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga beriladigan va ularning oliy ta’limning o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini bajarganliklarini tasdiqlovchi davlat namunasidagi hujjat. Hujjat uzluksiz ta’limning keyingi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish yoki olingan akademik darajaga muvofiq ishlash huquqini beradi.
9
Inklyuziv ta’limning mohiyati (tartibi) nimada? Inklyuziv ta’lim - alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishga bo‘lgan teng imkoniyatlarni ta’minlagan holda beriladigan ta’lim.