1.2. OLIY TA’LIMNING NORMATIV HUQUQIY ASOSLARI modulining nazorat savollari
1
Ijtimoiy davlatning mohiyati nima? Ijtimoiy davlat har bir inson uchun farovon turmush darajasi, xususan, sifatli ta’lim, kafolatli tibbiy xizmat, munosib mehnat sharoiti va adolatli ish haqi, pensiya va nafaqalar, ijtimoiy yordam va xizmatlar tizimi yaratilgan, uy-joyli bo‘lish sharoiti mavjud bo‘lgan, ijtimoiy tafovutlar yumshatilgan, muvozanatlashgan, hech bir fuqaro o‘z muammolari bilan yolg‘iz qolmaydigan adolatli davlatdir.
2
Konstitutsiyamizda (51-modda) “akademik erkinlik”, degan qoida belgilangan. Akademik erkinlikning mohiyatini ko‘rsating? Konstitutsiyamiz loyihasining 51-moddasi “Oliy ta’lim tashkilotlari qonunga muvofiq akademik erkinlik, o‘zini o‘zi boshqarish, tadqiqotlar o‘tkazish va o‘qitish erkinligi huquqiga ega”
Akademik erkinlik – o‘z fikrini erkin bildirish huquqining tarkibiy qismi bo‘lib, oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim berish va ilmiy-tadqiqot o‘tkazish erkinligidir. Ushbu erkinlik o‘quv jarayonini mustaqil shakllantirish, professor-o‘qituvchilarni dars o‘tish erkinligida, ilmiy-tadqiqot mavzularini mustaqil tanlash va tadqiq etish, uning natijalarini nashr etish va tarqatish, professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar akademik erkinligining cheklanmasligida va boshqalarda namoyon bo‘ladi.
3
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning maqsadi ? Ushbu Qonunning maqsadi ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ushbu qonun fuqarolarga ta'lim, tarbiya berish, kasb-hunar o'rgatishning huquqiy asoslarini belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitusiyaviy huquqini ta'minlashga qaratilgan.