Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob kitoblar



Yüklə 25,96 Kb.
səhifə1/4
tarix04.05.2023
ölçüsü25,96 Kb.
#107552
  1   2   3   4
Buxgaltteriya hisobi mustaqil ishi


REJA

  1. KIRISH

  2. Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob kitoblar

  3. Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob kitoblar auditi

  4. Ularda amalga oshiriladigan provodkalar va misollar

  5. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati

KIRISH
Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar, xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar korxonalar xo’jalik faoliyatida eng ko’p uchraydigan hisob-kitoblardir. shuning uchun bunday hisob- kitoblarni tekshirish quyidagi asosiy ikki yunalish bo’yicha amalga oshirilishi zarur:


olingan moddiy qiymatliklar (ish, xizmatlar) uchun to’lovlar yoki jo’natilgan tovarlar (bajarilgan ish va xizmatlar) uchun tushgan summalarning to’g’riligini aniqlash;
moddiy qiymatliklarni kirimga olish va hisobdan chiqarishning to’liqligini tekshirish.
Mol yetkazib beruvchi va xaridor o’rtasidagi hisob-kitoblar qoidaga ko’ra naqd pulsiz amalga oshiriladi va ular ikki guruhga bo’linadi: 1) tovar muomalalar bo’yicha, 2) moliyaviy majburiyatlar bo’yicha. Naqd pulsiz hisob - kitoblarning quyidagi asosiy shakllari mavjud: to’lov topshiriqlari, to’lov talabnomalari, akkreditivlar, inkassa topshiriqlari, cheklar va o’zaro talablarni uzishga asoslangan hisob shakli.
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish ham yuqorida bayon qilingan, barcha hisob-kitob muomalalari uchun xos bo’lgan umumiy qoidalariga asosan o’tkaziladi.
Hisob - kitob ma’lumotlarining mosligini tekshirish balans va hisob registrlari ma’lumotlari tengligini aniqlashdan boshlanadi.
Agar hisob-kitob ma’lumotlarini solishtirish amallarini bajarish chog’ida nomuvofiqliklar aniqlansa, auditor ularning katta-kichikligini va vujudga kelish sabablarini aniqlaydi.
Hisob-kitob hujjatlari hali yetib kelmagan moddiy qiymatlik(ish, xizmat)larni tekshirishda ushbu olingan qiymatlik (ish, xizmat) larning puli to’langan, lekin yo’lda kelayotgan (debitor qarz) sifatida hisobda turmaganligi aniqlanadi.
Хorijdan olingan import mahsulot(ish, xizmat)lar uchun hisob-kitoblar bo’yicha tekshiruv o’tkazilganda, mulkchilik huquqi o’tgan paytni , moddiy qiymatlik (ish, xizmat)larni kirim qilish sanasiga amalda bo’lgan O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining valyuta kursini va to’lov hujjatlarining to’lanishini, kurs farqlarini, qo’shilgan qiymat solig’i summasini va frankirovka (tovarni xaridorga yetkazib berishda transport xarajatlarini qoplash va hisob-kitob qilish) shartlarini aniqlashning to’g’riligi tekshiriladi.


Yüklə 25,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin