Moldova cs



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/24
tarix17.04.2022
ölçüsü1,64 Mb.
#55621
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
uzbekistan-country-strategy-uzbek

 Umumiy ma'lumot 

O'zbekiston YETTBni Tuzish To’g’risidagi Shartnomaning 1-moddasida bayon etilgan tamoyillarga qat'iy rioya etishga va uni qo'llashni kafolatlaydi. O'tgan 



davrda O'zbekistonning 1-moddaga rioya qila olish imkoniyatlari haqida jiddiy tashvish bildirildi,

 

ammo bu muammolar so'nggi jarayonlar, hususan, 2016 



yil  oxirida  keng  ko'lamli  islohotlar  boshlanishi  natijasida  yumshatildi.  2017  yilning  fevralida,  Hukumat  2017-2021-yillarda  O'zbekiston  Respublikasini 

rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi (rivojlanish strategiyasi) e'lon qildi, unda islohotlarning keng qamrovli dasturi, 

jumladan,  siyosiy,  ma'muriy  va  huquqiy  jihatlar  belgilandi.  Islohotlar  jarayoni  boshlang’ich  nuqtalardan  boshlangan  bo'lsada,  sezilarli  o’zgarishlarga 

erishildi. Ayniqsa, qonun ustuvorligi va sud mustaqilligi kabi sohalarda o'zgarishlar ro'y berdi. Hukumat tomonidan davlat idoralarining faoliyatini yanada 

shaffof  qilishda  va  mas'uliyatini  oshirishda  sezilarli  yutuqlarga  erishildi.  O'zbekiston  hukumati  islohotlarni  amalga  oshirishga  qat'iy  bel  bog'laganligi 

natijasida,  demokratik  institutlarni  mustahkamlash,  fuqarolik  jamiyatining  faoliyat  ko'lamini  kengaytirish,  ommaviy  axborot  vositalarining  erkinligini 

ta'minlash va ayollarning faolligini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan keyingi qadamlar kutilmoqda. 

 

Hukumat shuningdek, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirish va biznes muhitini mustahkamlash borasida bir qator muhim islohotlarni amalga 



oshirishga  kirishdi.  Ushbu keng  ko'lamli  va  jadal  islohotlar  dasturi asosida, O'zbekiston  ichki  bozorga  yo'naltirilgan  iqtisodiy  modeldan  yanada  ochiq, 

integratsiyalashgan va eksportga yo'naltirilgan iqtisod tomon harakatlanmoqda. Valyuta bozorini liberallashtirish uchun muhim qadamlar qo'yildi.

 

2017 


yil sentyabridan boshlab so'm qiymati liberallashtirildi, va valyuta nazorati yumshatildi. Barqaror ichki va horijiy investitsiyalarning jalb qilinishi va iqtisodiy 

islohotlarni amalga oshirish davom etishi natijasida, 2018 yilda yalpi ichki mahsulotning o'sish sur'ati 5 foizdan yuqori bo’lishi taxmin qilinmoqda.  

 

Ushbu ijobiy o'zgarishlarga qaramasdan, O'zbekiston barqaror bozor iqtisodiyotiga o'tish jarayonida hali ham jiddiy tizimli muammolarga duch kelmoqda. 



Bunga  raqobatbardoshlikdagi  muammolar  (bunda  davlat  organlarining  sezilarli  darajadagi  ishtiroki  va  sayoz  moliyaviy  sektor  xususiy  sektorning 

rivojlanishiga to'sqinlik qilmoqda), yashil iqtisod (bunda, O'zbekiston energiya sarfi va zaharli gaz ishlab chiqarish ko'rsatkichlari mintaqadagi eng yuqori 

ko'rsatkichlardan biri o'lib qolmoqda) va integratsiya (transport va energetika tarmoqlari kam rivojlangan, eksport va savdo kanallari yo'lga qo'yilmagan). 

Bank  turli  maslahatlashuvlar  va  moliyaviy  vositalar,  jumladan,  qo'shni  mamlakatlarda  samaradorligini  isbotlagan  vositalar  orqali,  investitsiyalarni 

safarbar  qilishga  va  islohotlarni  qo'llab-quvvatlashga  yordam  berishi  mumkin.  Shu  bilan  birga,  u  boshqaruvni  kuchaytirish  va  viloyatlarda  loyihalar 

darajasida  gender  jihatidan  inklyuziv  o'sishni  rag'batlantirish  uchun  sarmoyalash  imkoniyatlarini  ishga  solishga  e'tibor  berishni  davom  ettiradi. 

Shuningdek, XMI hamkorlar bilan islohotning ustuvor yo'nalishlarini va ularga tegishli texnik yordam ehtiyojlarini birgalikda aniqlash uchun sektorlarda 

salohiyatni oshirish bo'yicha chora-tadbirlarni birinchi darajali vazifalar qatoriga kiritadi. 

 

Shuni hisobga olgan holda, Bank 2018-2023 yillarda O'zbekistonda quyidagi strategik ustuvor yo'nalishlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda : 



 

Iqtisodiyotda xususiy sektorning rolini mustahkamlash orqali raqobatbardoshlikni oshirish;  



Tarmoqlar bo'ylab yashil energiya tamoyillarini joriy qilish va resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish; 

Mintaqaviy va xalqaro miqyosdagi hamkorlik va integratsiyani oshirishga ko'maklashish. 



 



Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin