Moliya / Auditorlik faoliyati]


-modda. Sertifikatning amal qilishini tugatish



Yüklə 43,41 Kb.
səhifə11/26
tarix16.12.2022
ölçüsü43,41 Kb.
#75558
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
AUDITORLIK QONUNI.files

26-modda. Sertifikatning amal qilishini tugatish
Sertifikatning amal qilishi uning amal qilishini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran tugatiladi.
Sertifikatning amal qilishini tugatish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
auditorning sertifikatning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi arizasi;
uch yil davomida auditorlik faoliyatida ishtirok etmaganlik;
sertifikat rasmiylashtirilgan sanadan e’tiboran olti oy davomida auditorning sertifikatni olish uchun kelmaganligi;
vakolatli davlat organining sertifikat berish to‘g‘risidagi qarori qonunga xilof ekanligi fakti aniqlanganligi;
sertifikat qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganligi;
sudning muayyan huquqdan mahrum qilish tarzidagi jazoni nazarda tutuvchi qonuniy kuchga kirgan hukmi;
sudning sertifikat egasini belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topish to‘g‘risidagi qarori;
auditorlik faoliyatini amalga oshirish chog‘ida ushbu Qonun talablarini muntazam ravishda (ikki martadan ko‘p) yoki bir marta qo‘pol tarzda buzganlik.
Quyidagilar ushbu Qonun talablarini bir marta qo‘pol tarzda buzish deb e’tirof etiladi:
auditorlik tekshiruvini o‘tkazish chog‘ida ushbu Qonunning 34-moddasida nazarda tutilgan cheklovlarni buzganlik;
bila turib soxta auditorlik xulosasini tuzganlik;
auditorlik tekshiruvini o‘tkazish chog‘ida olingan maxfiy axborotni auditorlik tekshiruvi buyurtmachisining ruxsatisiz oshkor qilganlik, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno;
auditorlik tekshiruvini o‘tkazish chog‘ida aniqlangan, buxgalteriya hisobini yuritish, shuningdek moliyaviy hisobot tuzish bo‘yicha belgilangan talablarning xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan buzilishi faktlarining auditor tomonidan yashirilganligi;
sertifikatni boshqa shaxsga uning auditorlik faoliyatida o‘z nomidan ishtirok etishi uchun ushbu hujjatdan foydalanishi maqsadida berganlik fakti aniqlanganligi;
auditorning nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning topshiriqlariga ko‘ra har xil tekshiruvlarni o‘tkazish uchun auditorlik tashkiloti va mazkur organlar o‘rtasida shartnoma tuzilmagan holda mutaxassis sifatida ishtirok etganligi;
auditor bir vaqtning o‘zida bittadan ortiq auditorlik tashkilotining xodimi yoki muassisi (ishtirokchisi) ekanligi fakti aniqlanganligi;
auditorning har yilgi malaka oshirish kurslaridan o‘tmaganligi.
Ushbu modda ikkinchi qismining to‘qqizinchi xatboshisida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha o‘z sertifikatining amal qilishi tugatilgan auditor sertifikatning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch yil davomida sertifikat olish haqidagi ariza bilan takroran murojaat qilishga haqli emas.
Auditorlik tashkilotini Auditorlik tashkilotlarining reyestridan chiqarishga sabab bo‘lgan qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan auditorlik tashkiloti rahbari va auditor sertifikatlarining amal qilishi auditorlik tashkiloti to‘g‘risidagi ma’lumotlar Auditorlik tashkilotlarining reyestridan chiqarilgan sanadan e’tiboran tugatiladi.
Vakolatli davlat organining sertifikatning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qarori ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Sertifikatning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qaror auditorga yoki ushbu auditor ishlayotgan auditorlik tashkilotiga besh kunlik muddatda yuboriladi.
Sertifikatning amal qilishi tugatilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytida e’lon qilinishi lozim.
Sertifikatning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qaror auditor tomonidan olingan kundan e’tiboran o‘n ish kuni ichida sertifikat vakolatli davlat organiga yo‘q qilish uchun qaytarilishi lozim.

Yüklə 43,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin