003 SOLIQ XAVFINI BOSHQARISH, SOLIQ XAVFI MAVJUD SOLIQ TO‘LOVCHILARNI (SOLIQ AGENTLARINI) ANIQLASH VA SOLIQ TEKSHIRUVLARINI TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISH TO‘G‘RISIDA
7-§. Savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalariga rioya etilishini tekshirish 95. Savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalariga rioya etilishini nazorat qilishda, shu jumladan, quyidagilar tekshiriladi:
alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish hamda markirovka qilish qoidalariga rioya etilganligi va tegishli ruxsatnoma yoki litsensiyalar mavjudligi;
hisob-kitob terminali, nazorat-kassa texnikalari mavjudligi hamda soliq to‘lovchining nomiga rasmiylashtirilganligi;
savdo shoxobchasida sotuvchi — yuridik shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ya’ni korxonaning nomi, uning joylashgan eri (pochta manzili), ish rejimi, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, agar sotuvchi yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lsa, uning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi va ro‘yxatdan o‘tkazgan organning nomi, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami to‘g‘risidagi ma’lumotlar xaridorlar tanishishi uchun qulay tarzda joylashtirilganligi;
saqlanayotgan, foydalanilayotgan va realizatsiya qilinayotgan tovarlarga ularning qonuniy kelib chiqishini tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligi;
agar soliq to‘lovchi amalga oshiradigan faoliyat litsenziyalanishi shart bo‘lsa, litsenziyaning tartib raqami va amal qilish muddati to‘g‘risidagi, shuningdek, uni bergan organ haqidagi ma’lumotlar xaridorlar (iste’molchilar) tanishishi uchun qulay tarzda joylashtirilganligi;
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari hamda boshqa buyumlar bilan savdoni amalga oshiradigan sotuvchi tomonidan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarni sotish qoidalariga rioya etilishi, zargarlik buyumlarining asillik darajasi belgilanganligi va tamg‘alanganligi;
umumiy ovqatlanish mahsulotlarini ishlab chiqarish (xizmatlar ko‘rsatish) va sotish qoidalariga rioya etilishi;
Oldingi tahrirga qarang. alkogol mahsulotlari realizatsiyasini amalga oshirishni boshlash to‘g‘risida soliq organlari xabardor qilinganligi, shuningdek, qonunchilikda belgilangan alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdoni va umumiy ovqatlanishni amalga oshirish shartlariga muvofiqlik tekshiriladi.
(95-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 96. Savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalariga rioya etilishini tekshirish natijalari sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasida aks ettiriladi.