003 SOLIQ XAVFINI BOSHQARISH, SOLIQ XAVFI MAVJUD SOLIQ TO‘LOVCHILARNI (SOLIQ AGENTLARINI) ANIQLASH VA SOLIQ TEKSHIRUVLARINI TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISH TO‘G‘RISIDA
10-§. Valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi qonunchilikka rezidentlar va norezidentlar tomonidan rioya etilishini tekshirish (10-paragrafning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Oldingi tahrirga qarang. 103. Valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi qonunchilikka rezidentlar va norezidentlar tomonidan rioya etilishi yuzasidan tekshiruv quyidagilarni o‘z ichiga oladi, jumladan:
(103-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) valyuta operatsiyasini amalga oshirish uchun asos bo‘lgan hujjatlar (shartnomalar), ushbu hujjatlar (shartnomalar) asosida amalga oshirilgan barcha operatsiyalarni tasdiqlovchi hujjatlar tekshiriladi;
eksport-import operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzdorliklar mavjudligi tekshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang. 104. Valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi qonunchilikka rezidentlar va norezidentlar tomonidan rioya etilishi yuzasidan tekshiruv natijalari sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasida aks ettiriladi.
(104-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 11-§. Aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish 105. Asosiy vositalar, tovar-moddiy boyliklar, pul mablag‘lari va hisob-kitoblarni inventarizatsiyadan o‘tkazish mol-mulkning haqiqatda mavjudligini aniqlash, haqiqatda mavjud mol-mulkni buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan solishtirish, majburiyatlar hisobda to‘g‘ri aks ettirilganligini tekshirish maqsadida o‘tkaziladi.
106. Sayyor soliq tekshiruvlarini o‘tkazishda soliq to‘lovchining aktiv va majburiyatlarini inventarizatsiyadan o‘tkazish ushbu Nizomning 6-bobi 7-paragrafida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
107. Aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish natijalari sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasida aks ettiriladi.