1.2. Moliyaning asosiy funksiyalari. Moliyaning mohiyati uning funksiyalarida namoyon buladi.
Funksiya obyekt ichki mohiyatining konkret shaklini namoyon bulish jarayonidir.
Moliyaning ishtirokisiz milliy daromadni taqsimlash mumkin bulmaydi. Moliyaviy resurslarni usishining bosh shart sharoiti- bu milliy daroadni ustirishdir.Moliya- milliy daromadni xosil bulishi va undan foydalanish o‘rtasidagi ajralmas boliqlikni ta’minlovchi bo‘\indir. Moliyaning ta’siri natijasida ishlab chikarish jarayonidagi taksimlash va iste’mol jarayonlari obyektiv xarakter kasb etadi. Moliya takror ishlab chiqarish jarayonining aniq sohasini aks ettirib bazis kategoriyalariga xosdir.
O‘zining moddiy mazmuniga ko‘ra moliya- mamlakat mikyosidagi moliyaviy resurslar majmuasini aks ettiruvchi maqsadli pul mabla\lari fondlaridir.
Moliyaning funksiyalari yuzasidan iqtisodchi olimlarning o‘rtasida kator baxsli holatlar mavjud.
Bir qator taniqli moliyachilar moliyaning 3 ta funksiyasi mavjudligini e’tirof etishadi.
A.M. Birman moliyaning quyidagi funksiyalari mavjudligini e’tirof etadi:
- Xujalik yuritish jarayonini pul mabla\lari bilan ta’minlash;
- Nazorat
- Taqsimlash.
A.M. Aleksandrov va E.A. Voznesenskiylar moliya quyidagi funksiyalarni bajaradi deb e’tirof etadilar:
- Pul fondlarini shakllantirish.
- Shakllantirilgan pul fondlaridan foydalanish
- Nazorat.
I.T. Balabanovning fikriga kura bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaning taqsimlash funksiyasi o‘zining mazmunini yo‘qotadi.
Iqtisodchi V.M. Rodionovaning fikriga ko‘ra moliya taqsimlash va nazorat funksiyalarni bajaradi.
Hozirgi sharoitda aksaroiyat O‘zbekistonlik iqtisodchi olimlar moliyaning taqsimlash va nazorat funksiyalarini bajarishini e’tirof etishadi.
Iqtisodiy subyektlarning asosiy manfaati foyda olish hisoblanadi.
Foyda markazlashtirilmagan pul fondlarining asosiy moliyaviy manbai hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilinng kup ukladli shakllarini paydo bulishi va bozor iqtisodiyotining amal qilishi tulik iqtisodiy mustakillikni ta’minlovchi dekmokratik tizimni shakllantirishni obyektiv zarur kilib kuyadi. Bunday sharoitda iqtisodiy subektlar faoliyatining moliyaviy natijalari ya’ni tadbirkorlik foydasini taqsimlash ular tomonidan kabul qilinadigan moliyaviy karorlarga bo\liqdir.
Savol tugiladi. Turli darajadagi kup sonli fondlarni shakllantirishning asosiy moliyaviy manbalari nima hisoblanadi.
Albatta bunda makrodarajada Yalpi ichki mahsulot va uning tarkibini tashkil kiluvchi milliy daromad. Yalpi ichki mahsulotni taqsimlash jarayoni turli xil moliyaviy instrumentlar: meyorlar, stavkalar, tariflar, ajratmalar va boshqa moliyaviy instrumentlar vositasida amalga oshiriladi.
Mikrodarajada esa uning manbai korxonalar pul daromadlari va jam\armalari hisoblanadi.
Moliyaning nazorat funksiyasi- bu obektiv amal qiluvchi pul munosabatlari jarayonlarini nazorat qilishdir.
Moliyaning nazorat funksiyasini obyekti bo‘lib xo‘jalik subyektlari faoliyatining moliyaviy natijalari hisoblanadi.
Moliyaviy nazorat o‘tkazuvchi subyektlar nuqtai nazaridan moliyaviy nazorat quyidagi turlarga ajratiladi:
Moliyaning boshqa qiymat kategoriyalari: pul, kredit, mehnatga tulovlar fondi, baho va boshqalardan farkli tomoni uni davlatlarni amal qilishi bilan bevosita bo\liqligi hisoblanadi.