Ijtimoiy funksiyasi. O‘tish davrining asosiy muammosi hisoblanuvchi ijtimoiy himoya tizimlarini shakllantirish va aholining ham ta’minlangan katlamini himoya qilish davlatning asosiy funksiyasi hisoblanadi. Bu funksiyaning realizatsiya qilish mexanizmi: ijtimoiy transfertlar tizimi, Respublika va Mahalliy darajadagi ijtimoiy dasturlar, adresli ijtimoiy yordamlar. Davlatning iqtisodiy roli va funksiyasi ijtimoiy iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishning moliyaviy siyosatini va moliyaviy usullarini aniqlab beradi.
Tovar-pul munosabatlarining mavjudligi. Xar qanday pul munosabatlari ham moliyaviy munosabatlar tarkibiga kiritilmaydi. Masalan, bank kreditlarini olish va uni qaytarish jarayoni, kreditorlik karzlarini tulash jarayonidagi pul munosabatlari moliyaviy munosabatlar kategoriyasiga kiritilmaydi. Moliyaviy munosabatlari kategoriyasi mazmunini aniqlovchi kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonidagi pul munosabatlar quyidagilardan iborat:
Korxonalar tayyor mahsulotni realizatsiya qilish natijasida pul tushumlariga ega bo‘ladi. Pul tushumlarini birlamchi va qayta taqsimlash natijasida qiymatning taqsimot jarayoni sodir bo‘ladi.
Moliya o‘ziga xos mohiyatiga va tashqi paydo bulish shakllariga egadir. Moliyaning mohiyati deganda alohida qiymat kategoriyasi sifatida moliyaning ichki mohiyatini namoyon bo‘lishi tushuniladi. Moliyaning mohiyati va paydo bo‘lish shakllari o‘zaro bo\liqdir.
Masalan, 1965 yildan xujalik subyektlarining davlat budjeti bilan uzaro munosabatlarida foydani taqsimlanishining davlat byudjti daromadlariga foydadan aratma shakliga o‘tildi.
Xujalik islohotlari sharoitida bu munosabatlar 3 shaklda namoyon bo‘ldi ya’ni: ishlab chiqarish fondlariga ajratmalar, Fiksirlangan(renta) to‘lovlari; foydaning erkin qoldi\idan budjetga badallar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida esa bu munosabatlar soliqlar vositasida amalga oshiriladi.
Yuqoridagilarga asoslangan holda shuni ta’kidlash joizki, moliyaning iqtisodiy mohiyati masalasi mazkur kategoriyaning ichki mazmunini aniqlovchi 2 nazariyada amal qiladi: