Qimmatli qog'ozlarni joylashtirish yo‘li bilan safarbar etila- digan mablag'lardan foydalanishning yo'nalishlari haqidagi ma’lu- motlami o*z ichiga olgan biznes-reja yoki texnik-iqtisodiy asos loyihasi (qo'shimcha emissiya hollarida).
Reyestr saqlovchi haqida ma’lumotlar.
Aksiyadorlar reyestri haqida umumiy ma’lumotlar.
Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi organlariga kiruvchi shaxs- larning ustav sarmoyasidagi ishtirokining ulushi ko'rsatilgan ro'yxati.
Eng yirik aksiyadorlar ro'yxati (ustav fondining 5 foizidan ortiq ulushiga egalik qiluvchi).
Davlat idorasi tomonidan tasdiqlangan qimmatli qog'ozlarni chiqarish yakunlari haqida hisobot.
Davlat idorasi tomonidan tasdiqlangan so'nggi moliya yili uchun qimmatli qog'ozlar bo'yicha yillik hisobot.
Taqdim etilgan hujjatlami ekspertizadan o'tkazish bo'yicha ko'rsatilgan xizmatlarning haqi to'langanligi to'g'risida to'lov topshiriqnomasining nusxasi.
Emitentning xohishiga ko'ra boshqa hujjatlar va ma’lumotlar.
Birjaning ekspert-tahlil boshqarmasiga ko'rib chiqish uchun amalda taqdim etilgan hujjatlar ro'yxati.
Qimmatli qog'ozlarni likvidlilik, bozor faolligi emitentning barqaror moliyaviy-xo'jalik ahvoli bilan tavsiflanuvchi qimmatli qog'ozlar toifasiga kiritish qimmatli qog'ozlar listingi, deb nom- lanadi. O'z navbatida, listing korxonasi deb qimmatli qog'ozlari listing tadbiridan o'tgan, listing talablarini qondiradigan va biija rasmiy ro'yxatiga listing toifasi bo'yicha kiritilgan korxonalarga aytiladi. Qimmatli qog'ozlar listingi tadbiri qimmatli qog'ozlarni biija savdolariga kiritilishi tadbirlari ichida muhim o'rin tutadi. Qimmatli qog'ozlar biija rasmiy ro'yxatiga listing korxonalari toifasi bo'yicha kiritish uchun emitent yoki u vakolat bergan vositachi Listing komissiyasiga listing to'g'risida belgilangan shakl bo'yicha ariza beradi. Doimiy faoliyat ko'rsatuvchi Listing komissiyasi listing korxo- nalarining qimmatli qog'ozlarini tanlab olish va listingga kiritish uchun maxsus tashkil etilgan. Ariza birlamchi listingga ham, shuningdek, qo'shimcha fcmissiya listingiga ham berilishi mumkin.