Moliya bozori va moliyaviy texnologiyalar


VI. Ta’lim natijalari / Kasbiy kompetentsiyalar



Yüklə 191,61 Kb.
səhifə8/9
tarix07.01.2024
ölçüsü191,61 Kb.
#202437
1   2   3   4   5   6   7   8   9
MOLIYA BOZORI FAN DASTURI

VI. Ta’lim natijalari / Kasbiy kompetentsiyalar
Talaba bilishi kerak:

  • moliya bozorining iqtisodiy mohiyati va asosiy tushunchalari, moliya bozorining vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari, moliya bozori modellari, qimmatli qog’ozlar asniflanishi va asosiy turlari, pul bozori xususiyatlari va moliya bozori rivojlanishidagi tutgan o’rni, moliyaviy texnologiyalar qo’llanilishi, moliya bozori institutlari faoliyati bo’yicha O’zbekiston Respublikasi qonunlarini, me’yoriy-huquqiy hujjatlarini bilishi va ularni qo’llay olishi, moliya bozorida moliyaviy texnologiyalar qo’llanilishini davlat tomonidan tartibga solishi, kriptovalyutalar muomalaga chiqarish va ular muomalasini tashkil etish, fond birjasi va birjadan tashqari bozorlarda elektron savdo tizimlari orqali qimmatli qog’ozlar savdolarida ishtirok eta olish va savdolarni amalga oshirish haqida tasavvur ega bo’lishi; (bilim)

  • talaba moliya bozorining indikatorlari va indekslarini hisoblash, moliya bozori risklarini baholash va boshqarish, fond bozori faoliyat mexanizmini tashkil etish, moliya bozorida tijorat banklari va nobank kredit institutlarining ishtirokini yo’lga qo’yish, investitsiya va pay fondlarining moliyaviy operatsiyalarini tashkil etish, raqamli bank xizmatlarini joriy eta olish va ko’rsata olish, moliya bozorida sug’urta tashkilotlari va nodavlat pensiya fondlarining faoliyatini yo’lga qo’yish xususiyatlarini bilishi va ulardan foydalana olishi; (ko’nikma)

  • pul bozoridagi operatsiyalar amal qilish mexanizmi, aksiyalar bozorining o’ziga xos xususiyatlari va amaliy mexanizmi, obligatsiyalar bozori va unda savdo mexanizmi, davlat qimmatli qog’ozlar bozori amal qilish shart-sharoitlari, hosilaviy qimmatli qog’ozlar bozorining moliya bozori boshqa sektorlari bilan bog’liqligi, elektron savdo tizimlarida savdolarni yo’lga qo’ya olish, depozitariylarda elektron kastodian xizmatlarini joriy etish va ko’rsata olish, elektron investitsion vositachilik xizmatlarini ko’rsata olish, tovar-xom ashyo birjasida onlayn xaridlar va sotuvlarni amalga oshira olishi va savdolar bo’yicha xizmatlar ko’rsata olishi, ipoteka qimmatli qog’ozlar bozori muomalasi tartibi, xorijiy valyutalar bozorining moliya bozoridagi tashkiliy jihatlari, qimmatbaho metallar bozori va unda savdo bo’yicha qarorlar qabul bo’yicha ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak. (malaka)




VII. Ta’lim texnologiyalari va metodlari:

  • ma’ruzalar;

  • interfaol keys-stadilar;

  • seminarlar (mantiqiy fiklash, tezkor savol-javoblar);

  • guruhlarda ishlash;

  • mavzular bo‘yicha taqdimot tayyorlash;

  • individual loyihalar;

  • jamoa (guruh) bo‘lib ishlash va himoya qilish uchun loyihalar.

VIII. Kreditlarni olish uchun talablar:
Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish, tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish, o‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish va joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha yozma ish (test va og‘zaki)ni topshirish.


Yüklə 191,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin