Davlat, korporativ tuzilmalar va aholining pul mablagʻlariga boʻlgan doimiy talabi va maʼlum shartlar asosida qisqa muddatlar uchun vaqtinchalik pul mablagʻlarini boshqa shaxslardan jalb qilishga ehtiyojning mavjudligi pul bozorining yuzaga kelishiga va rivojlanishiga olib kelgan. Mamlakatimizda ham pul bozorini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Pul bozori atamasi ushbu bozor uchun toʻliq mos kelmaydi. Sababi, pul bozorida pul yoki valyuta oldi-sotdisi amalga oshirilmaydi. Pul bozorida savdo qilinadigan qimmatli qogʻozlar qisqa muddatli hamda likvidlilik darajasi yuqori boʻlgan instrumentlar hisoblanadi yaʼni ularning pulga aylanish jarayoni tez amalga oshadi. Pul bozoridagi qimmatli qogʻozlarning uchta asosiy xususiyatlari mavjud. Bular quyidagilar : 1.ular asosan yirik, yaʼni koʻp miqdorda sotiladi; 2.ulardagi defolt riski juda ham past hisoblanadi; 3.ularning muddati emissiya qilingan sanadan boshlab bir yilgacha boʻladi.
Pul bozoridagi aksariyat qimmatli qogʻozlarning muddati 120 kundan kam boʻladi. Pul bozoridagi tranzaksiyalar aniq bir joy yoki binoda amalga oshirilmaydi. Asosan treyderlar ishtirokchilar oʻrtasidagi savdolarni elektron tarzda amalga oshiradilar. Pul bozori instrumentlarining oldi-sotdi jarayoni ikkimlamchi bozorda birmuncha tezlashadi. Yuqorida taʼkidlangan xususiyatlariga koʻra, pul bozori instrumentlari birlamchi bozorga joylashtirilgandan soʻng, ularni sotish uchun kelajakda xaridorlarni topish unchalik qiyin boʻlmaydi. Pul bozorining yana bir xususiyati ushbu bozor ulgurji bozor hisoblanadi, yaʼni undagi aksariyat tranzaksiyalar yirik hajmda boʻlishi kuzatiladi
Pul bozori ishtirokchilari Moliya vazirligi yoki Gʻaznachilik boshqarmasi ---Tijorat banklari ---Korxonalar ---Investitsiya kompaniyalari ---Moliyaviy kompaniyalar ---Sugʻurta kompaniyalar ---Pensiya fondlari ---Individual investorlar ---Pul bozorining investitsiya fondlari Pul bozori ishtirokchilarini qimmatli qogʻozlarni sotuvchilar va sotib oluvchilar kabi ishtirokchilarga boʻlishning iloji yoʻq. Sababi ishtirokchilarning asosiy qismi ikkala vazifani ham bajaradi.
Pul bozori ishtirokchilarini qimmatli qogʻozlarni sotuvchilar va sotib oluvchilar kabi ishtirokchilarga boʻlishning iloji yoʻq. Sababi ishtirokchilarning asosiy qismi ikkala vazifani ham bajaradi.