55
MOLIYA BOZORINING MAMALAKAT IQTISODIY TARAQQIYOTIDAGI O‘RNI
Sh.U. Mamamayusupova -
Ilmiy rahbar: : Burhanov A.U.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Qimmatli qog‘ozlar bozori bozor
munosabatlarining ajralmas qismi hisoblanadi. Jamiyat
ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi qimmatli qog‘ozlar bozoriga bo‘lgan munosabatning
qayta ko‘rib chiqilishini talab qilayotgan kunda ushbu sohaning dolzarbligi oshmoqda, chunki
aynan qimmatli q
og‘ozlar ko‘p jihatdan qiymatni qaytish harakatining samaradorligini
oshirish, mulkchilik shaklining o‘zgarishi, uni xususiy egalikka topshirish muammolarini
yechishning kaliti hisoblanadi. Shu bilan bir vaqtda mazkur sohada alohida jiddiy ilmiy
ishlanmalar va tadqiqotlaming mavjud emasligi sababli ayrim masala va atamalami
tushuntirishda turli qarashlar bilan bog‘liq qator muarnmolarga duch kelinmoqda. Asosan
mamlakatlarda iqtisodiy muammolarini yechishning yagona, umumiy tamoyillari mavjud
bo‘lishiga qaramay, fond bozori faoliyat ko‘rsatishining turli modellari va uni tartibga
solishning har xil maktablari mavjud hisoblanadi.
Ushbu modellar mamlakat iqtisodiy taraqqiyot sohasiga maksimal darajada hissa qo‘sha
oladi. Bugungi kunda iqtisodiyotda qimmatli q
og‘ozlar bozori juda muhim o‘rin egallaydi.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish va rivojlantirish uchun samarali iqtisodiy siyosat yurgizish
bilan bir vaqtda, moliyaviy soxada institutional islohotlar o‘tkazilishi lozimligi ham ayni
haqiqatdir. Mustahkam moliyaviy tizimga ega mamlakatlar iqtisodiy xatarlarga bardoshli
bo‘ladilar
45
.Bugungi kundagi globallashuv sharotida fond bozorlari iqtisodiyatning asosiy
tarmog‘i bo‘lib kelmoqda. Bundan ko‘rinib turbdiki, qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish
iqtisodiyotni rivojlantirish demakdir.
Yurtimizda 2018-yildan boshlab elektron savdo maydonlari orqali davlat aktivlarini
sotish bo
‘
yicha elektron tizim tashkil etildi. 2018-yilda bank tizimi faoliyatini rivojlantirish
bo‘yicha belgilangan vazifalarni amalga
oshirishda banklar bilan tadbirkorlik subektlari
o‘rtasida samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini ta'minlash masalalariga
asosiy e'tiborni qarata boshladi. Valyuta bozorini isloh qilishga qarshi bo‘lgan ayrim
“ekspertlar”ning ikkilanishi va
“maslahat”lariga qaramasdan, biz qisqa muddatda xalqaro
standartlar asosida valyutani liberallashtirish jarayonini boshladik. Lekin biz yaxshi
tushunamizki, bu ish ushbu sohadagi islohotlarning boshlanishi, halos. Valyuta siyosati biznes
va iqtisodiyotni
rivojlantirish manfaatlariga to‘liq xizmat qilishi, investisiya faoliyatiga ijobiy
turtki berishi lozim”
46
. Globallashuv jarayonida mamlakat taraqiyyotining asosini iqtisdiy
soha tashkil qilsa, moliya bozori ham iqtisodiy taraqqiyot asosi hisoblanadi. Hozirgi kunda
raqamlashtirilishga katta e'tibor qaratilmoqda va asosiy maqsad qilib qo‘yilgan va qimmatli
qog‘ozlar bozorining ham barcha ammallari hamda funksiyalari ochiq tarzida amalga
oshiriladi.
“2020
-2025-yillarda fond bozorini rivojlantirish strategiya
si” ini ishlab chiqish borasida
mas'ul davlat organlari shuningdek, tashkilotlari tomonidan muayyan ishlar amalga
oshirilmoqda.
Jumladan, uyushgan qimmatli qog‘ozlar bozorining qimmatli qog‘ozlar
bozoridagi umumiy savdo hajmidagi ulushi sezilarli darajada past ekanligini hisobga oladigan
bo‘lsak, qimmatli qog‘ozlar bozorini institutisional va infratuzilmaviy jihatdan yanada
rivojlantirish, fond birjasi listing talablarini qayta koʻrib chiqish, fond birjasi va elektron savdo
tizimlaridagi komission yig‘imlar
tarifini engillashtirish, xususiylashtirish jarayonlarida
aksiyadorlik jamiyatlaridagi davlat ulushining fond birjalaridagi erkin savdosini tashkil etish
45
O’zbе
kisto
nda moliya bozorini rivojlantirishning istiqbolli yo’nalishlari Bekzodjon Mavlon o’g’li Xamidov Jasur
Xamrabayevich Razzoqov TMI 2023
46
Sh.M.Mirziyoyev Fond bozorini rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish bayonoti. 2019
-yil 7-oktyabr.
http://xs.uz/uzkr/post/fond-bozorini-rivozhlantirish-masalalari-muhokama-qilindi.
56
maqsadga muvofiqdir. Moliya bozorini samarali tashkil etishda kapital bozorining tuzilmasi,
fond birjasi hamda markaziy depozitariyning funksiyalari, birja savdolari texnologiyasi, listing
xususiyatlari, korporativ boshqaruv asoslari, investorlar bilan munosabatlar, marketing
vositalari, loyihani boshqarish bo‘yicha xorij tajribasi va amaliyotiga jiddiy e
'tibor qaratmoq,
shuningdek, bu boradagi muammolarni hal etish bilan chambarchas bog‘liq hisoblanadi.
Tahlillar natijasi bo‘yicha, barcha rivojlanayotgan mamlakatlarda kuzatilayotgan o‘xshash
jihatlardan biri moliyaviy likvidlilikning yetishmasligi hisoblanadi. Sababi likvidlilik moliya
bozori taraqqiyoti yo‘lidagi asosiy omil bo‘lib hisoblanadi. Buning uchun korxonaga sarmoya
kiritish masalalari lozimdir.
O‘zbekiston Respublikasining 2022
-yildagi moliyaviy bozorlar ya'ni fond birjalarining
savdo natijalariga nazar solsak, jami tuzilgan bitimlar soni 80723 tani tashkil qilgan.
Shuningdek huddi shu bitimlar hajmi 4816,21 mlrd. so‘m ko‘rsatkichlarida belgilangan.
O‘zbekiston respublikasida amalgam oshirilgan bitimlar soni va hajmi 2018, 2019, 2020 va
2021 yil
lar davrlari bilan solishtiradigan bo‘lsak, ikkala ko‘rsatkichda ham sezilarli darajada
o‘sish kuzatilgan.
Dostları ilə paylaş: |