44
qancha olishi kerak? Ko‘rinib turibdiki, merosni to‘g‘ri baholash uchun shunga
o‘xshash aktivlarning bozor narxlarini bilish lozim.
Bundan
tashqari, aktivlarning narx (baho)lari va foiz stavkalari menejerlar
uchun ular tomonidan investitsion loyihalarni tanlashda va moliyaviy
shartnomalarni tuzishda tayanch signal bo‘lib xizmat qiladi. Majburiyatlari
bo‘yicha moliyaviy bozorlarda doimo bitimlar tuzish bilan shug‘ullanmaydigan
menejerlar, odatda boshqa sohalarda to‘g‘ri qarorlar qabul qilish kerak bo‘lganda,
zarur axborotlarni olish uchun har holda bu bozorlardan foydalanadilar.
Tasavvur qilaylik: masalan, qaysidir bir firma 100,0 mln. so‘m miqdorida
foyda oldi va u olingan summani qanday sarflashni: uni biznesga qayta investitsiya
qilish, aksionerlarga dividendlar to‘lash yoki pullarni o‘z
aksiyalarini qaytarib
olishga sarflash muammosini hal qilmoqchi. Ushbu masalani hal qilishda,
shubhasiz, mazkur firma va boshqa kompaniyalarning aksiyalari kursini,
shuningdek, bozor foiz stavkalarini bilishi juda asqotadi. Bunday sharoitda, ayrim
hollarda bo‘lganidek, “Baxtash – tavakkal”, “Yo – ustidan, yo – ostidan”, “Shuni
ham o‘ylab o‘tira-mizmi?” yoki “O‘ychi o‘yini o‘ylaguncha, tavakkalchi ishini
bitiradi” tarzida ish tutib bo‘lmaydi. Shunday qilinsa, hatto “og‘zimizdagi
tayyor
oshimiz”dan ham ajralib qolishimiz hech gap emas.
Har bir yangi moliyaviy instrumentning paydo bo‘lishi bilan axborot
olishning yangi imkoniyatlari yuzaga keladi. Masalan, 1973 yildan birja-larda
opsionlarga standartlashtirilgan savdo shartnomalari qo‘llanilishi boshlangandan
so‘ng, son jihatidan axborotning hajmi turli moliyaviy va iqtisodiy
operatsiyalarning risklilik darajasiga nisbatan keskin oshib ketdi.
Bunday
ma’lumotlar riskni boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan qarorlarni qabul qilishda juda
muhim.
Dostları ilə paylaş: