66
(INI)ni (CPI — consumer price index) hisoblashda taqqoslanishi mumkin bo‘lgan
iste’mol tovarlari savati ishlatiladi.
Agar nominal foiz stavkasi yillik 8%ni tashkil etsa, iste’mol narx (baho)lari
indeksi o‘zgarishiga proporsional tarzda o‘zgaruvchi inflyatsiya darajasi esa yillik
5% bo‘lsa, daromadlilikning real stavkasi qanday bo‘ladi? Ichki hissiyotga
suyangan holda, daromadlilikning real stavkasi bu –
nominal foiz stavkasi va
inflyatsiya o‘rtasidagi farq deb taxmin qilishimiz mumkin bo‘lib, bizning
misolimizda bu ko‘rsatkich 3%ga teng bo‘lar edi. Umuman olganda, bu ham
to‘g‘ri bo‘ladi. Lekin, shunday bo‘lsa-da, bu yerda ayrim holatlarni inobatga olmoq
lozim.
Keling, bunga amin bo‘lish uchun daromadlilikning
real stavkasini aniq
hisoblab chiqamiz. Yuqoridagi misolga ko‘ra, Siz tomondan kiritilgan har 100
so‘mga bir yildan so‘ng 108 so‘m olasiz. Biroq bir yil avval 100 so‘mni tashkil
etgan iste’mol korzinasi bu davr mobaynida 105 so‘m ga teng bo‘ldi. Joriy davrda
sotib olish mumkin bo‘lgan iste’mol savati tovar-lariga qo‘llagan holda Sizning
108 so‘mingiz qanday real qiymatga ega bo‘ladi? Bu savolga javob berish uchun,
108 so‘mni kelgusidagi iste’mol savati narxiga bo‘lish kerak bo‘ladi, ya’ni 108
so‘m : 105 so‘m = 1,02857 so‘m. Shunday qilib, xarid qilinmagan har bir iste’mol
savati o‘rniga o‘zingiz investitsiya qilgan kapitalingiz uchun bir yildan so‘ng
1,02857 ekvi-valentdagi savatni olasiz. Shunga ko‘ra, daromadlilikning real
stavkasi yillik 2,857% (bugungi bir savatga to‘g‘ri keluvchi
kelgusidagi savatlar
soni)ni tashkil etadi.
Daromadlilikning real stavkasi, nominal foiz stavkasi va inflyatsiya
darajasining nisbati aks etgan umumiy formula quyidagi ko‘rinishga ega:
Dostları ilə paylaş: