“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari



Yüklə 3,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə149/202
tarix21.10.2023
ölçüsü3,16 Mb.
#158949
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   202
Moliya UMK

muqobil qiymati
deb ham yuritiladi. Muqobil qiymat iqtisodiy adabiyotlarda kutilayotgan eng 
yaxshi imkoniyat doirasidan kelib chiqqan holda qarorlar qabul qilish uchun 
qilinadigan xarajat sifatida ta’riflanadi. Masalan, talaba Starbucks (SBUX) da 
yarim stavka ishga kirishi uchun muqobil qiymat universitet kampusi hududida 
ishlab topishi mumkin bo‘lgan daromaddan kechishni anglatadi. Yana bir misolni 
olaylik, kompaniya investorlaridan olingan daromadni ularga qaytarmay 
reinvestitsiya qilmoqchi. Bu qarorning muqobil qiymati mablag‘ni investorlarga 
bermay saqlab turish yoki kapital bahosi hisoblanadi. 
Investorlar uchun talab etilgan qaytim stavkasi kapital bahosi bilan bir xil 
tushunchami? Unday emas. O‘z navbatida, bu bobda 

harfidan moliyalashtirish 
bahosi sifatida foydalanamiz, xuddi 7 va 8-boblarda investorlarning talab etilgan 
qaytim stavkasini ifodalashda 
r
harfidan foydalanganimiz kabi.
Quyidagi 2 omil investorlarning talab etilgan qaytim stavkasi va kapital bahosi 
o‘rtasidagi farqni ko‘rsatib beradi:
O‘rtacha tortilgan kapital bahosi – 
kompaniya tomonidan individual 
moliyalashtirish bahosining o‘rtacha qiymati. Kompaniyaning o‘rtacha tortilgan 
kapital bahosi, kapitalning individual bahosining kapital tarkibi nisbatiga teng 
bo‘lgan ko‘rsatkich. 
Muqobil xarajat –
kutilayotgan eng yaxshi imkoniyat doirasidan kelib chiqqan 
holda qarorlar qabul qilish uchun qilinadigan xarajat. 


175 
Qarz kapitali bahosi – kreditorlarning talab etilgan qaytim stavkasini qoplab berish 
uchun investitsiyalardan olinishi kerak bo‘lgan daromad darajasi. 
Soliqlar.
Agar firma uzoq muddatli aktivni sotib olishni moliyalashtirish 
uchun qarz oladigan bo‘lsa, bu xarajat federal daromad solig‘ini hisoblash 
jarayonida soliq bazasidan ayirib tashlanadi. Firma 9% stavka bilan qarz oldi va u 
yalpi foydadan foiz ko‘rinishidagi xarajatlar sifatida ayirib tashlanadi va sof 
foydadan to‘lanadigan 34% foyda solig‘i tarkibida hisoblanmaydi. Har bir foizga 
to‘lanadigan dollar soliq summasini 0.34 dollarga kamaytiradi.
Kompaniya uchun qarz olish faqatgina 5.94% ga to‘g‘ri keladi, ya’ni 
(0.0(0.34*0.09)) =0.09(1-.034) =0.0594 yoki 5.94%.

Yüklə 3,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin