182
o‘sish darajasini hisoblashi zarur bo‘ladi. Modelning birlamchi kamchiligi uning
tadbiq etilishi va qo‘llanilishi bilan bog‘liq. Buning sababi dividendlarning o‘sib
borishi
modeli fundamental faraz, dividendlarning o‘zgarmas
g
darajada o‘sib
borishiga asoslanadi. Bu farazdan foydalanmaslik uchun tahlilchilar murakkabroq
baholash modellaridan foydalanadilar, misol uchun 5 yil bir xil darajada va keyin
kelgusi 6 yilda kamroq darajada o‘sishi. Biz
bu yerda bunday murakkab
modellardan foydalanmaymiz. Hatto o‘zgarmas o‘sish darajasidan foydalanish
mumkin bo‘lsa ham, o‘sha o‘sish darajasini hisoblashimiz zarur. Biz
dividendlarning o‘sish darajasini o‘tgan yillardagi ma’lumotlardan
foydalangan
holda o‘zimiz hisoblay olamiz yoki o‘sishning kutilgan darajalarini nashr etilgan
manbalardan topishimiz mumkin.Value Line kabi investitsion maslahat xizmatlari
o‘zlarining tahlil qilingan daromadlarning o‘sish darajalarini (odatda 5
yillik
ma’lumotlar beriladi) va Institutional Brokerlarning Baholash Tizimi (I/B/E/S)
qimmatli qog‘ozlarning turlari bo‘yicha 1000 dan ortiq tahlilchilarning har bir
aksiyadan daromadlarning hisoblangan prognozlarini taklif etadi. Bu hisob-kitoblar
foydali, ammo undan foydalanishda tahlilchining
ehtiyotkorona qarori zarur,
chunki ular daromadga qaratilgan (dividendlarga emas) va faqat 5 yilgacha bo‘lishi
mumkin (dividendlarning o‘sish modelida talab etilgandek, doimiy emas). Shunga
qaramay ular foydali, dividendlarning dastlabki o‘sishini hisoblash uchun maslahat
berishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: