“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari


-qadam: raqamlarni ishga solish



Yüklə 3,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə153/202
tarix21.10.2023
ölçüsü3,16 Mb.
#158949
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   202
Moliya UMK

2-qadam: raqamlarni ishga solish
Agar Synopticom Korporatsiyasi ma’lumotlarini (1) tenglamaga qo‘ysak, 
quyidagilarga ega bo‘lamiz: 
$908.32 = 

+… + 

Biz 9 ga teng bo‘lgan ni kalkulyator yordamida hisoblashimiz mumkin. Soliqdan 
so‘nggi qarz kapitali bahosi quyidagicha hisoblanadi: 
Soliqdan so‘nggi qarz kapitali bahosi = obligatsiya egasining talab etilgan qaytim 
stavkasi x (1-soliq stavkasi) = 0.09 x (1-0.340) =0.0594 yoki 5.94%
3-qadam: natijalarni baholash 
Ko‘rinib turibdiki, Synopticom obligatsiyalarining egalari hozirgi bozor bahosida 
908.32 dollarga sotib olsalar, 9% li qaytim talab qilishlari kerak. 
Shunga qaramay, Synopticom fozi to‘lovlarini soliqqa tortiladigan foydadan 
chegirishlari mumkin, bunda kompaniya har bir foiz to‘lovi uchun 0.34 dollardan 
tejab qoladi. Natijada firmaning obligatsiya egalari talab qilgan qaytim kompaniya 
uchun 5.94% ga tushadi. Agar Synopticom yangi obligatsiyalarni emissiya qilsa 
yangi obligatsiyalarni sotish paytida yangi tranzaksion xarajatlar vujudga keladi. 
Agar firma hisob-kitob qilsa, har bir obligatsiyaning har bir 850 dollarlik 
obligatsiyaga 58.32 dollardan tranzaksiya xarajatlarini to‘lab beradi. Agar 850 
dollarni obligatsiya narxi bilan almashtirsak, tranzaksion xarajatlardan so‘ng talab 
etilgan qaytim stavkasi 9.73% ga va yangi emissiya qilingan obligatsiyalarning 
soliqdan so‘nngi bahosi 6.422% ga teng bo‘ladi.
Imtiyozli aksiyaning bahosi 
Imtiyozli aksiyaning narxi imtiyozli aksiya dividendlaridan keladigan o‘zgarmas 
pul oqimlarining hozirgi davrdagi qiymatiga teng va quyidagicha:
Imtiyozli aksiyaning narxi = 

(3) 


179 
Agar bizga imtiyozli aksiyaning narxi va undan keladigan dividend miqdori 
ma’lum bo‘lsa aksiyadorning talab etilgan qaytim stavkasini aniqlab olishimiz 
mumkin: 
Imtiyozli aksiya qaytim stavkasi 
=
(4) 
Tranzaksion xarajatlar yangi imtiyozli aksiyalarni sotish jarayonida vujudga 
kelar ekan, investorning talab etadigan qaytim stavkasi kompaniyaning imtiyozli 
aksiyalar kapitali bahosidan kamroq bo‘ladi. Imtiyozli aksiyalarning bahosini 
hisobga olish uchun talab etilgan qaytim stavkasida tranzaksion xarajatlarni aks 
ettirish uchun tenglamani biroz o‘zgartiramiz. Biz (4) formuladagi imtiyozli aksiya 
narxi ko‘rsatkichini har bir yangi aksiyalar savdosidan kelib tushadigan sof tushum 
bilan almashtiramiz. Hosil bo‘lgan formuladan imtiyozli aksiya bahosini hisoblash 
mumkin: 
Imtiyozli aksiya bahosi 
=
(5) 
Har bir aksiyadan sof tushum imtiyozli aksiyaning narxi minus yangi emissiya 
qilingan aksiyalar uchun tranzaksion xarajatlariga teng. 
Korporativ soliqlar imtiyozli aksiya bahosiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Imtiyozli 
aksiyada soliqlar hisobga olinmaydi, chunki imtiyozli aksiyalarga to‘lanadigan 
dividendlar soliq bazasidan ayirib tashlanmaydi. 

Yüklə 3,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin