179
Agar bizga imtiyozli aksiyaning narxi va undan
keladigan dividend miqdori
ma’lum bo‘lsa aksiyadorning talab etilgan qaytim stavkasini aniqlab olishimiz
mumkin:
Imtiyozli aksiya
qaytim stavkasi
=
(4)
Tranzaksion xarajatlar yangi imtiyozli aksiyalarni sotish jarayonida vujudga
kelar ekan, investorning talab etadigan qaytim stavkasi
kompaniyaning imtiyozli
aksiyalar kapitali bahosidan kamroq bo‘ladi. Imtiyozli aksiyalarning bahosini
hisobga olish uchun talab etilgan qaytim stavkasida tranzaksion
xarajatlarni aks
ettirish uchun tenglamani biroz o‘zgartiramiz. Biz (4) formuladagi imtiyozli aksiya
narxi ko‘rsatkichini har bir yangi aksiyalar savdosidan kelib tushadigan sof tushum
bilan almashtiramiz. Hosil bo‘lgan formuladan imtiyozli aksiya bahosini hisoblash
mumkin:
Imtiyozli aksiya bahosi
=
(5)
Har bir aksiyadan sof tushum imtiyozli aksiyaning narxi
minus yangi emissiya
qilingan aksiyalar uchun tranzaksion xarajatlariga teng.
Korporativ soliqlar imtiyozli aksiya bahosiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Imtiyozli
aksiyada soliqlar hisobga olinmaydi, chunki imtiyozli aksiyalarga to‘lanadigan
dividendlar soliq bazasidan ayirib tashlanmaydi.
Dostları ilə paylaş: