oddiy aksiya bahosini obligatsiya yoki imtiyozli aksiya bahosi kabi oson hisoblab bo‘lmaydi,
chunki oddiy aksiyaning qaytim stavkasini bevosita kuzatib bo‘lmaydi. Masalan,
oddiy aksiyada aniq kupon to‘lovi yoki dividend miqdori belgilanmagan.
Oddiy aksiya egalari firmaning asosiy egalari ekanligini hisobga olib,
obligatsiya va imtiyozli aksiya egalariga dividend, foiz to‘lovlari va qarzning
asosiy qismi to‘lab berilgandan so‘ng foydaning kompaniya ixtiyorida qolgan
qismi ularning foydasi hisoblanadi. Ikkinchidan, oddiy aksiyalar firma daromadini
saqlab turish, reinvestitsiyalash yoki yangi aksiyalarni emissiya qilish natijasida
olinishi mumkin.Ta’kidlab o‘tilgan turlari boshqalaridan farq qiladi, chunki firma
foydani saqlab turganida tranzaksion xarajatlarni amalga oshirmaydi, ammo yangi
aksiya emissiya qilganda tranzaksion xarajatlarni to‘lab berishiga to‘g‘ri keladi.
Biz oddiy aksiya egalarining kutilgan daromad darajasini 2 usul bilan hisoblaymiz
va bu kelgusida kompaniyaning oddiy aksiya bahosini hisoblashda alohida
ahamiyatga ega. Bu usullar dividendning o‘sib borish modeli va kapital aktivni
baholash modeli (KABM) bo‘lib, ikkisi ham qimmatli qog‘ozlarni baholash
mavzusida ta’kidlab o‘tilgan edi.
Firmaning oddiy aksiyalar hozirgi qiymati barcha kelgusidagi dividend
to‘lovlarining yig‘indisiga teng. Agar dividendlar
g darajada doimo o‘sib borishi
kutilayotgan bo‘lsa, unda
investorning talab etilgan qaytim stavkasi
dan past
bo‘ladi. Bunda, oddiy aksiyaning bahosi quyidagicha yoziladi:
=
(6)
Bu yerda,
1 yil ichida firmaning oddiy aksiyadorlariga taqsimlanishi
kutilayotgan dividend miqdori. Kutilayotgan dividend hozirgi dividend
) ning 1
plus dividendning yillik o‘sish darajasiga ko‘paytmasiga teng (ya’ni,
. Investorning talab etilgan qaytim stavkasi (6) tenglamadan
ni
topish orqali hisoblanadi:
= +
(7)
Bu yerda
investorning kompaniyaga investitsiya qilishdan kutadigan
daromad darajasidir. Bu koeffitsiyent oddiy aksiyaning bahosini hisoblash paytida
qo‘llaniladi, yangi aksiyadorlik kapitali kompaniyaning hozirgi davr daromadining
bir qismini saqlash orqali hosil qilinadi. Oddiy aksiyalarni moliyalashtirish 2 xil
usul orqali amalga oshiriladi, birinchisi daromadni saqlash va ikkinchisi yangi
aksiyalarni savdoga chiqarish. Agar firma daromadini saqlasa, tranzaksion xarajat
vujudga kelmaydi, shunday ekan, investorning kutilgan qaytim stavkasi
kompaniyaning yangi aksiyalari kapital bahosiga teng bo‘ladi.
Agar firma aksiyadorlik kapitalini oshirish uchun yangi aksiyalarni emissiya qilsa,
tranzaksion xarajatlarni qilishiga to‘g‘ri keladi. (7) tenglamada oddiy aksiya
181
bahosini
topish uchun tranzaksion xarajatlarni hisobga olish maqsadida har bir
aksiyaga sof tushum
ni aksiya narxi
bilan almashtiramiz:
=
+
(8)