“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari


Kabm modelini amaliyotga tadbiq etish masalalari



Yüklə 3,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə159/202
tarix21.10.2023
ölçüsü3,16 Mb.
#158949
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   202
Moliya UMK

Kabm modelini amaliyotga tadbiq etish masalalari 
KABM modelining 
kompaniyaning ulushli kapitali bahosini hisoblashda 2 asosiy afzalliklari mavjud. 
Birinchidan, model sodda qo‘llash uchun ham, tushunish uchun ham juda oson. 
Modelning o‘zgaruvchilari ommaviy manbalarda kichik xususiy firmalardan tortib 
barcha kompaniyalar uchun beta koeffitsiyentini ehtimoliy hisob-kitoblari mavjud. 
Ikkinchidan, model dividendlarga, ularning o‘sish darajalari to‘g‘risidagi 
farazlarga asoslanmaydi, shunday ekan model hozirda dividend to‘lay olmayotgan 
kompaniyalar yoki dividendlarning o‘zgarmas o‘sish darajasini namoyon 
etmayotgan kompaniyalar uchun ham tadbiq etilishi mumkin. Albatta, KABM 
modelidan foydalanganda 3 o‘zgaruvchini –
β 
va
 (
-

topishimiz zarur. Uni 
amaliyotda bir tahlil qilib ko‘raylik. Birinchidan, tahlilchida risksiz darajani 
ni 
topish uchun AQSH G‘aznachilik obligatsiyalarining juda ko‘p turlari mavjud. 
G‘aznachilik qimmatli qog‘ozlari 30 kundan 20 yilgacha amal qilish muddatiga 
ega turlari doimo mavjud. Ammo KABM modelida qaysi turidan foydalanish 
mumkinligi haqida aniq ko‘rsatma berilmagan. Modelga ko‘ra, bitta risksiz daraja 
mavjud va u bir davrli qaytimga ega bo‘ladi (shunga qaramay, davr muddati aniq 
berilmagan). Shunday ekan, risksiz daraja uchun qaysi muddatni tanlash bizning 
ixtiyorimizda. Uzoq muddatli kapital xarajatlar bilan bog‘liq qarorlarning kapital 
bahosini hisoblaganda taqqoslash mumkin bo‘lgan davrning risksiz darajasini 
olgan maqulroq. Natijada 20 yil davomida qaytim beradigan investitsion 
loyihalarning kapital bahosini hisoblaganda asos bo‘lib, shu muddatli AQSH 
G‘aznachilik obligatsiyalarining risksiz darajasidan foydalangan ma’qul. 
Ikkinchidan, 
β 
koeffitsiyentining har bir qimmatli qog‘oz uchun hisoblanishi 
investitsion maslahat xizmatlarida, Merrill Lynch, Value Line va boshqalar
mavjud. Bir vaqtning o‘zida o‘tgan qimmatli qog‘ozlar bozorining umumiy 
indekslari (Standard and Poor’s 500 indeksi) ma’lumotlari va qimmatli 
qog‘ozlarning beta koeffitsiyenti, ya’ni 2 qaytim turlari orasidagi bog‘liqlik (6-
bobda keltirilgandek) dan foydalanamiz. Beta koeffitsiyenti hisob-kitobi ko‘plab 
ochiq obunada savdo qiluvchi firmalarda mavjud ekan, tahlilchilar betaning nashr 
etilgan manbalaridan foydalanadi. 
Uchinchidan, bozor-risk mukofoti o‘tgan davrdagi qimmatli qog‘ozlarning 
foizning risksiz darajasida daromad va mukofotlarning nisbatiga qarab hisoblanishi 
mumkin. Biz 6-bobdagi 6-2-rasmda risksiz qimmatli qog‘ozlar va oddiy 


184 
aksiyalardan o‘tgan qaytimlar haqida ma’lumotga ega bo‘lgan edik. O‘rtacha 70 yil 
davomida uzoq muddatli davrda oddiy aksiyalar davlat obligatsiyalariga qaraganda 
taxminan 5.5% yuqori daromad keltirgan. KABM modeli orqali investorning talab 
etilgan daromad darajasini topish uchun bozor-risk mukofotini 
(
-
)
hisoblaganimizda shu hisob-kitoblardan foydalanamiz. 
Tarixiy o‘rtacha bozor-risk mukofotidan tashqari iqtisodchi mutaxassislarning 
kelgusi mukofotlar haqidagi fikrlariga tayanishimiz mumkin
111
. Masalan Yale 
univesiteti iqtisodchisi tomonidan 1998-yilda o‘tkazilgan ilmiy izlanishiga ko‘ra, 
o‘rtacha bozor-risk mukofoti darajasi barcha izlanish ishtirokchilari uchun 7% ga 
teng bo‘lgan. Ilmiy izlanish 2000-yilda takroriy o‘tkazilganda bozor-risk mukofoti 
5% ga tushib qolgan. Bu natijalar 2 narsaga ishora qiladi. Birinchidan, bozor-risk 
mukofoti o‘zgarmas emas. U umumiy biznes sikli davomida o‘zgarib turadi. 
Shuningdek, KABM modelida kapital bahosini hisoblashda bozor-risk mukofotini 
5 va 7 % o‘rtasida deb olish maqsadga muvofiq.

Yüklə 3,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin