“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari



Yüklə 3,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə160/202
tarix21.10.2023
ölçüsü3,16 Mb.
#158949
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   202
Moliya UMK

4.
 
Kompaniyaning o‘rtacha tortilgan kapital bahosini hisoblash
112
 
 
Biz kompaniya ishlatishi mumkin bo‘lgan kapitalning har bir individual 
manbasi bo‘yicha bahosini hisobladik va uni yagona o‘rtacha tortilgan kapital 
bahosida jamlaymiz. O‘rtacha tortilgan kapital bahosini hisoblash uchun har bir 
ishlatilgan kapital manbasi va kapital strukturasi zarur bo‘ladi. 
Kapital 
strukturasi
atamasi haqida gap ketganda 
firma tomonidan ishlatilgan har bir 
manbaning nisbiy darajasi
nazarda tutiladi. Shunga qaramay firmaning kapital 
strukturasi bir qadar murakkab, biz misollarda 3 asosiy kapital manbalarigagina 
tayanamiz: obligatsiya, imtiyozli aksiya va oddiy aksiya.
Agar firma qarz va oddiy aksiyadan foydalansa, uning o‘rtacha tortilgan kapital 
bahosi quyidagicha bo‘ladi: 
O‘rtacha tortilgan kapital bahosi = (soliqdan so‘ng qarz bahosi x qarzli 
moliyalashtirish nisbati) + (aksiya bahosi x ulushli moliyalashtirish bahosi)
(10) 
Masalan, firma soliqdan so‘ng 6% li qarz olsa, ulush uchun 10% to‘laydi va 
kapitalini qarz va ulush bo‘yicha teng nisbatda shakllantiradi, uning o‘rtacha 
tortilgan kapital bahosi 8% ga tengdir: 
O‘rtacha tortilgan kapital bahosi = (0.06 x 0.5) + (0.10 x 0.5)= 0.08 yoki 8%. 
Amaliyotda kapital bahosini hisoblash misolda berilgandek oson emas. 
Chunki firmalar turli talab etilgan qaytim darajali qarz manbalaridan foydalanadi 
va imtiyozli aksiyadan oddiy aksiyalar bilan bir qatorda foydalanadi. Shuningdek, 
firmaning oddiy aksiya kapitali oshishi firmaning daromadlarini saqlash yoki 
reinvestitsiya qilishlari natijasi bo‘lishi mumkin va boshqa paytlarda yangi 
qimmatli qog‘ozlarni taklif etishi mumkin. Albatta daromadlarni saqlaganda firma 
uni sotish bilan bog‘liq tranzaksion xarajatlarni amalga oshirmaydi. Daromadlarni 
111
Natijalar Ivo Welchning “Moliyaviy iqtisodchilarning qimmatli qog‘ozlar mukofotlari haqidagi fikrlari 
va professional tortishuvlari” Journal of Business 73-74
(Oktabr), bet 501-537; 
112
Arthur J. Keown, John D. Martin, J. William Petty, Foundations of Finance, Global Edition, 8/E, Pearson, 
2014, p. 286-290 


185 
saqlash yangi aksiyani sotishdan ko‘ra arzonroq. Quyidagi misollarda ularning 
barchasiga to‘xtalib o‘tamiz. 

Yüklə 3,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin