“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari


 Korporativ menejmentning asosiy vazifasi va uning moliyaviy jihatlari



Yüklə 3,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/202
tarix21.10.2023
ölçüsü3,16 Mb.
#158949
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   202
Moliya UMK

3. Korporativ menejmentning asosiy vazifasi va uning moliyaviy jihatlari
Oxir oqibat korporatsiyaning boshqaruv xodimlarini aksiyadorlar direktorlar 
kengashi orqali ish tutib yollar ekanlar, menejerlarning asosiy vazifasi imkon qadar 
aksiyadorlar manfaatlarini ko‘zlab qaror qabul qilishdan iborat. Ammo bu 
korporatsiya menejerlarining yagona vazifasi emas. Jamiyatning har bir a’zosi 
singari, ular ham qonunlarga rioya qilishlari, odob-axloq qoidalarini hurmat 
qilishlari va zaruratga ko‘ra, albatta, agar bu aksiyadorlar tomonidan katta sarf-
xarajatlarga olib kelmasa, turli ijtimoiy vazifalar bajarilishiga ko‘maklashishlari 
kerak.
Biroq, korporativ menejment maqsadlarini faqat aksiyadorlar manfa-atlariga 
xizmat qilish bilan cheklab qo‘yilganda ham, unga erishish usullarini aniq 
belgilashning iloji yo‘q. Aslini olganda, menejerlar kompaniya egalari bilan har bir 
masalani, shu jumladan, kompaniya tovarlari va xizmatlari assortiment
17
ini tanlash, 
kapital jalb qilish bo‘yicha sarf-xarajatlarni belgilash masalalarini muhokama 
qilishlari, ulardan eng maqbul variantlar qaysiligini so‘rashlari mumkin. Unday 
bo‘lsa, kompaniya egalari firmani o‘zlari boshqarganlarida qanchalik muta-saddi 
bo‘lsalar, biznesni boshqarishga qancha vaqt sarf qilsalar, shuncha darajada 
mutasaddi bo‘lib, shuncha vaqt sarflagan bo‘lar edilar va mene-jerlar mehnatidan 
foydalanishdan ma’no qolmagan bo‘lar edi.
Bundan tashqari, bir necha kishi boshqaradigan firma uchun bunday 
yondoshuv mos (mumkin) bo‘lsa ham, aksiyadorlari soni juda ko‘p firmalarda 
buning deyarli iloji yo‘q. Axir dunyoda millionlab aksiyadorlari jahon-ning turli 
mamlakatlarida yashaydigan ulkan xalqaro korporatsiyalar mavjud. Shunday qilib, 
menejerlar faoliyatini tartibga solish bo‘yicha asosiy vazifa yoki qoidani ishlab 
chiqish juda muhim masala bo‘lib, bunday qoida menejerlar firma boshqaruviga 
taalluqli u yoki bu masala yuzasidan aksiyadorlar o‘rtasida doimo so‘rov 
o‘tkazishlariga ehtiyoj qoldirmasligi kerak.
Avvalambor, mazkur qoida samarali bo‘lishi uchun uni bajarish mene-
16
Adam Smit, The Wealth of Nations (Chicago: University of Chicago Press, 1977). 
17
“Assortiment” fransuzcha “assortiment” – terma, yig‘ma, to‘plam, saralangan. Tovar va xizmatlarning turli 
xillari, nomlari va navlariga ko‘ra to‘plami. Qarang: o‘sha manba. J.I. –B.110 


22 
jerlardan aksiyadorlarning riskka moyilligini ham, biznesni boshqarish bo‘yicha 
kundalik amaliyotning boshqa masalalari yuzasidan ularning fik-rini bilishlarini 
ham talab etmasligi kerak. Chunki bu kabi ma’lumot-larni olishning o‘zi – ilojsiz 
narsa. Hatto bunday masalalar ma’lum vaqt kelib, oshkor bo‘lsa ham, bundan katta 
ma’no yo‘q, chunki ular doimo o‘zgarib turadi. Aksiyalar doimo qo‘ldan qo‘lga 
o‘tib turganligi uchun demak, korpo-ratsiya mulkdorlari ham muntazam ravishda 
o‘zgarib turadi. Demak, menej-ment asosiy qoidasining bajarilishi korporatsiya 
mulkdori (egasi) kim ekaniga zinhor bog‘liq bo‘lmasligi kerak.
Rioya qilingan taqdirda, menejerlar ham kompaniya egalari kompaniyani 
o‘zlari boshqarganlarida qabul qiladigan investitsion va moliyaviy qaror-larni 
qabul qilsalargina menejerlar uchun asosiy qoida to‘g‘ri bo‘ladi (ishlaydi). 

Yüklə 3,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin