“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari


Mulkka egalik huquqi (mulk)ni boshqaruvdan ajratishning



Yüklə 3,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/202
tarix21.10.2023
ölçüsü3,16 Mb.
#158949
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   202
Moliya UMK

2. Mulkka egalik huquqi (mulk)ni boshqaruvdan ajratishning 
moliyaviy sabablari
Yakka mulk hisoblangan korxonalarda va hatto ko‘pgina shirkatlarda ham 
korxona egasi bir vaqtning o‘zida menejer
11
vazifasini ham bajaradi. Ammo, 
boshqa firmalarda, ayniqsa yirik firmalarda mulk egalari biznesni o‘zlari 
boshqarmaydilar. Ular bu vazifa (majburiyat)ni professionallarga (maxsus kasb 
egalariga) topshiradilar. Ko‘p hollarda bu professionallar (maxsus kasb egalari) 
mazkur kompaniyaning aksiyadori ham bo‘lmaydilar. Nimaga mulk egalari 
kompaniyani boshqarishni menejment bo‘yicha muta-xassislarga topshirishlariga, 
hech bo‘lmaganda, beshta sabab bor (3.2-rasm). 
 
Birinchidan,
o‘z kasbini puxta egalla (biladi)gan professional mene-jerlarni 
topish unchalik murakkab ish emas. Shu bilan birga, ular firmani boshqarish uchun 
korxona egalariga qaraganda yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan (ko‘pincha shunday 
bo‘ladi ham), ko‘proq tajribaga ega bo‘lishi va, shunchaki, yaxshi insoniy fazilatlar 
sohibi bo‘lishlari ham mumkin. Kompaniyani o‘zi boshqaradigan mulk egasi 
nafaqat biznesni yuritish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy resurslarga, balki 
boshqaruvchi iqtidoriga ham ega bo‘lishi kerak. Kompaniya mulkiga egalik 
huquqini uni boshqarishdan ayirganda esa tabiatda kam uchraydigan bunaqangi 
mushtaraklik talab etilmaydi. 
Ko‘ngilochar biznes misolida shunday vaziyatni o‘rganib chiqamiz. Masalan, 
kinostudiya yoki televideniye tarmog‘ini boshqarish borasida yuqori
 
 
 
3.2-rasm.
 Mulk egalari kompaniya boshqarishni menejment bo‘- 
yicha mutaxassislarga topshirishining sabablari
 
11
“Menejer” inglizcha “manager” – boshqaruvchi. Korxona yoki kompaniya egalari bo‘lmagan, maxsus 
tayyorgarlik ko‘rgan malakali yollanma boshqaruvchilar. Qarang: o‘sha manba. J.II. –B. 579. 

Yüklə 3,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin