13
uskunalari va ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan boshqa zarur resurslar
firmaning
jismoniy kapitali
hisoblanadi.
Firmalarga jismoniy kapitalni sotib
olishni moliyalashtirish imkonini beruvchi aksiyalar, obligatsiyalar va kreditlar
moliyaviy kapital
deyiladi.
Bularni chizmali ko‘rinishda quyidagicha aks ettirsa
bo‘ladi (2.2-rasm):
2.2-rasm.
Kapitalning eng umumiy tarkibiy tuzilmasi
Birinchi gal (navbat)da har qanday firma aynan qanday biznes bilan
shug‘ullanishini belgilab olishi kerak va bu jarayon
strategik rejalash-tirish
deb
ataladi. Strategik rejalashtirish vaqt omilini inobatga olgan holda xarajat va
daromadni baholash bilan bog‘liq ekan, ko‘p jihatdan, uni moliyaviy qarorga
kiritish mumkin.
Ko‘pincha, firma o‘zining mahsulot liniyasi (yo‘nalishi)dan kelib chiqqan
holda asosiy yo‘nalishga ega bo‘ladi va shu bilan bir qatorda birinchisi bilan o‘zaro
bog‘liq boshqa faoliyat bilan ham shug‘ullanadi. Masalan, kompyuter ishlab
chiqaradigan firma o‘z faoliyatining ma’lum bosqichida kompyuterlarga xizmat
ko‘rsatish faoliyati bilan ham shug‘ul-lanishga ahd qilishi mumkin.
Vaqt o‘tishi bilan kompaniyaning strategik maqsadlari o‘zgarishi,
o‘zgarganda ham keskin o‘zgarishi mumkin. Ba’zi korporatsiyalar bir vaqtning
o‘zida biznesning bir-biri bilan mutlaqo bog‘liq bo‘lmagan sohalarida ishlashi
uchrab turadigan hol. Bundan tashqari, shunaqasi ham bo‘ladiki, firma o‘zining
dastlabki faoliyati bilan umuman shug‘ullanmay qo‘yadi, natijada firmaning nomi
uning bugungi vazifalari va maqsadlariga mutlaqo mos kelmay qoladi.
Masalan,
ITT Corporation (International Telephone and Telegraph)
korporatsiyasini eslaylik. Korporatsiya 1920 yilda telefon va telegraf xizmatlarini
va tegishli asbob-uskunalarni taklif etuvchi kompaniya sifatida tashkil etilgan. XX
so‘z “bosh”, yoki “asosiy” deb tarjima qilinsa-da, iqtisodiy nuqtai-nazardan, eng oddiy tarzda, quyidagi ma’nolarda
ishlatilishi mumkin: a) o‘zini o‘zi ko‘paytirish uchun foydalaniladigan, o‘z egasiga foyda, daromad keltiradigan
boylik (qimmatli qog‘ozlar, pul mablag‘lari, moddiy mol-mulk va sh.k); b) katta mablag‘, ko‘p pul, boylik; v)
kimgadir katta boylik, qadriyat hisoblangan, muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, ahamiyatga molik narsa. Qarang:
o‘sha manba. J.II. –B. 316.,
Dostları ilə paylaş: