To‘rtinchidan, moliya tizimi tub asoslari mohiyatini tushunish asoslangan
fuqarolik qarorlari qabul qilish uchun zarur. Moliya tizimi iqtisodiy hayoti bozor
munosabatlariga asoslangan har qanday jamiyat infratuzilmasining eng muhim
qismi hisoblanadi. Keng tarqalgan fikrga ko‘ra moliya institutlari ishini to‘g‘ri
tashkil etish mamlakatning iqtisodiy o‘sishi va taraqqiyoti uchun puxta zamin
yaratadi. Biz, fuqaro sifatida, ko‘pincha siyosiy qarorlar qabul qilishimizga to‘g‘ri
keladi. Bu qarorlar, oxir oqibat, mamlakat moliyaviy tizimi ishiga o‘z ta’sirini
ko‘rsatadi. Masalan, depozitlarning hukumat tomonidan sug‘urtalanishiga qarshi
chiqayotgan yoki fond bozoridagi bitimlar ustidan qat’iy nazorat o‘rnatishga
chaqirayotgan siyosatchiga ovoz berish to‘g‘ri bo‘ladimi? Agar shunday qilinsa,
buning oqibati nimalarga olib kelishi mumkin?
Beshinchidan, ko‘pchilik shunchaki o‘z bilim doirasini kengaytirish uchun
ham “Zamonaviy moliya”ni o‘rganadi va shunga qiziqadi. Zamonaviy moliya
qonuniyatlarini bilish dunyoqarashni kengaytiradi va tashqi dunyo qaysi
qonuniyatlarga asosan rivojlanayotganini bilishga yordam beradi.
Moliya sohasidagi ilmiy izlanishlar uzoq tarixga ega. A. Smitning 1776
yilda chop etilgan “Xalqlar boyligi tabiati va sabablari borasida tadqiqotlar”
kitobini ko‘pchilik iqtisod fani (ilmi)ning ibtidosi deb hisoblaydilar. So‘ngi
yillarda zamonaviy moliya nazariyasi moliya sohasiga ixtisoslashgan iqtisodchilar
tomonidan ishlab chiqilmoqda va takomil-lashtirilmoqda. Bu 1990 va 1997
yillarda iqtisod sohasida Nobel muko-fotiga moliya nazariyasi va amaliyotiga
ulkan hissa qo‘shgan olimlar sazovor bo‘lganligi bilan ham tasdiqlanadi
6
.
2-mavzu. Moliyaviy qarorlar Reja: 1. Uy xo‘jaliklari qabul qiladigan moliyaviy qarorlar 2.