“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari


Yaxshi tavsiyalarga ishonmang



Yüklə 3,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/202
tarix21.10.2023
ölçüsü3,16 Mb.
#158949
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   202
Moliya UMK

1. Yaxshi tavsiyalarga ishonmang.
 
Ehtimoldan holi emas, bojangiz yoki 
qadrdon bo‘lib qolgan o‘rtog‘ingiz o‘z moliyaviy maslahatchisini og‘iz ko‘pirtirib 
maqtaydi. Ammo u o‘zining muayyan investitsiyalari va haqiqiy daromadlari 
to‘g‘risida aniq ma’lumot bermaguncha uning maslahatlari o‘z mexanigini unda 
faqat texnik yordam mashinasi borligi uchungina maqtayotgan kishining 
gaplaridan ko‘ra ishonchli emas. Faqat do‘stlaringiz muhokama qilinayotgan 
masala mohiyatini tushunishlariga ishonch hosil qilgandan keyingina ularning 
gaplariga ishoning. Axir, o‘zbeklarda “Chumchuq so‘ysa ham – qassob so‘ysin!”, - 
deb bekorga aytilmagan-ku!; 
2. Diplo va turli guvohnoma-yu, sertifikat
5
larga doim (ko‘p hollarda) ham 
ishonavermang.
Inson moliyaviy maslahatchi lavozimini egallashining o‘zi u 
tegishli litsenziyaga ega ekanini, ko‘plab imtihonlar topshirganini va doimiy, 
masalan dunyoning nufuzli joylarida (Davos, Sankt-Peterburg va h.k.) 
o‘tkaziladigan konferensiyaga
o‘xshash ko‘plab konferensiyalar ishtirokchisi 
4
“Portfel” fransuzcha “portefeuille” so‘zidan olingan bo‘lib, a) kitob, daftar, hujjat kabilar solib olib yuriladigan 
dastali va qopqoqli maxsus sumka; b) nashriyotlarda, gazeta, jurnal muharririyatlarida navbatdagi nashr uchun 
to‘plangan qo‘lyozma materiallar majmui ma’nolarida ishlatiladi. Qarang: o‘sha manba. J. III. –B. 299. Shu 
munosabat bilan bu yerda “portfel” so‘zi, ko‘chma ma’noda bo‘lsa-da, shunga yaqin ma’noni anlatib, uni 
“moliyaviy aktivlar majmuini o‘zida mujassam etuvchi maxsus sumka” sifatida talqin qilish mumkin. 
5
“Sertifikat” fransuzcha “certificat”, lotincha “sertum” – aniq, to‘g‘ri, rost + “facere”- qilmoq. Bu yerda “biror 
narsa, voqea haqidagi rasmiy yozma guvohnoma; diplom”. Qarang: o‘sha manba. J.III. – B. 488. 



bo‘lganini anglatadi. Undan tashqari, hozirgi sharoitda dunyoning juda ko‘p 
mamlakatlarida tegishli shaxslarni tijorat asosida ana shunday hujjatlar bilan 
ta’minlovchi ko‘plab firmalar ham faoliyat ko‘rsatmoqda. Shu bois, uning diplom 
va guvohnoma-yu, sertifi-katlariga ishonishdan oldin undan moliyaviy maslahatchi 
bo‘lgunga qadar nima ish qilganini so‘rang. Ko‘pchilik bu faoliyat sohasiga savdo 
sohasidan keladi. Ammo borgan sari ko‘pchilik moliyaviy maslahatchilar 
buxgalterlik, muhandislik, o‘qituvchilik va yuridik tajribaga ega kishilar bo‘lib 
chiqmoqda. Esda tuting: faqat ularning oldingi ixtisoslashuvini inobatga olgan 
holdagina, Siz ularning professional (kasbiy) bilimlaridan o‘z manfaatingiz yo‘lida 
nafli 
tarzda 
foydalana 
olishingiz 
mumkin. 
Buning 
ustiga, 
yuqorida 
ta’kidlanganidek, bu yerda ham o‘zbeklarda “Chumchuq so‘ysa ham – qassob 
so‘ysin!”, - deb bekordan-bekorga aytilmagani esingizdan chiqmasin; 

Yüklə 3,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin