moliyaviy tizim (financial system)
deyiladi. Bu tizim aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa moliya instrumentlari bozori,
moliyaviy vositachilar (bank va sug‘urta kompaniyalari kabi), moliyaviy xizmatlar
taklif etadigan firmalar (masalan, moliya-maslahat firmalari) va shu barcha
muassasalar faoliyatini nazorat qiluvchi organlarni o‘z ichiga oladi. “Zamonaviy
moliya” (fani) oldida turgan eng muhim vazifalardan biri – bu moliyaviy tizim
evolyutsiyasi qonuniyatlarini o‘rganishdir.
“Zamonaviy moliya” nazariyasi qator konsepsiyalardan iborat bo‘lib, bu
konsepsiyalar talaba (kitobxon)larga
vaqt omili ni hisobga olgan holda pul
resurslarini taqsimlash masalalarini o‘rganishga tizimlashtirilgan yondoshuvni,
shuningdek, yordamida barcha muqobil variantlar o‘rganiladigan va moliyaviy
qarorlar qabul qilinib, hayotga tatbiq etiladigan miqdoriy modellar to‘plamini
taklif etadi. Mazkur asosiy konsepsiyalar va miqdoriy modellar moliyaviy qarorlar
qabul qilishning barcha bosqich-larida: avtomobilni sotib (ijaraga) olish yoki o‘z
biznesini yo‘lga qo‘yish imkoniyatini baholashda, yirik kompaniyaning moliyaviy
direktori
tele-kommunikatsiya
xizmatlari
bozoriga
chiqish
istiqbollarini
belgilayotganda, yoki Jahon banki O‘zbekistonda gidro yoki issiqlik
elektrostansiya qurilishini moliyalashtirish masalasini hal etayotganda qo‘llaniladi.
“Zamonaviy moliya” nazariyasi shunday doktrinaga asoslanadiki, unga
ko‘ra moliyaviy tizimning eng asosiy vazifasi insonlar ehtiyojini, shu jumladan
oziq-ovqat, kiyim-kechak va uy-joyga bo‘lgan barcha asosiy hayotiy ehtiyojlarni
qondirishdan iborat. Iqtisodiy faoliyatning har qanday sub’ektlari (firmalar ham,
6
barcha darajadagi davlat hokimiyati organlari ham) ushbu asosiy vazifani
bajarishga hissa qo‘shish uchun tashkil etil(adi) gan.