“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari


-mavzu: Zamonaviy moliyaning mazmun-mohiyati



Yüklə 3,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/202
tarix21.10.2023
ölçüsü3,16 Mb.
#158949
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   202
Moliya UMK

1-mavzu: Zamonaviy moliyaning mazmun-mohiyati 
va uni o‘rganishning obyektiv zarurligi 
Reja: 
1.
 
Zamonaviy moliyaning mazmun-mohiyati 
2.
 
“Zamonaviy moliya”ni o‘rganishning ob’ektiv zarurligi 
 
1. Zamonaviy moliyaning mazmun-mohiyati 
“Zamonaviy moliya” – o‘ziga xos ilmiy-amaliy fan. Unda, afsuski, 
hanuzgacha amaliyotimizda yetarli darajada e’tibor berib kelinmayotgan hamda 
qadriga yetilmayotgan 
vaqt
va 
noaniqlik sharoitida
defitsit pul mablag‘larining 
taqsimlanish masalalari o‘rganiladi. Bu o‘rinda, “vaqt” va “noaniqlik sharoitida” 
deb nomlangan so‘z va so‘zlar birikmasiga jiddiy e’tibor berishingizni so‘raymiz. 
Zamonaviy moliya ilmida bular shunchaki so‘zlar yoki so‘z birikmalari emas. 



Ajablanarlisi shundaki, aynan ular shu ilmning taqdiri va qadr-qimmatini belgilab 
beradi. Aslida faqat shugina emas, balki har birimizning taqdirimiz va qadr-
qimmatimizni belgilab berishda ham vaqt va noaniqlik sharoiti hal qiluvchi 
ahamiyatga ega. 
Shu bois quyidagi savollarga e’tibor bering: faoliyatimiz davomida vaqt va 
noaniqlik sharoitini hisobga olayapmizmi? Ularning hisobga olinish yoki hisobga 
olinmaslik darajalari qanday? Tegishli qarorlar, shu jumladan, moliyaviy qarorlar 
qabul qilayotganimizda ham bu omillarga qay darajada e’tibor berayapmiz? E’tibor 
berayapmizmi o‘zi? Yoki ...? Ular diqqat-markazimizda turibdimi? Yuqoridagi 
holatlarda aynan shu omil-larning yetarli darajada hisobga olinmayotganligi 
qanday natijalarga olib kelmoqda? Ularning oqibati nima bo‘lmoqda? Natijada 
“barmoq tishlab”, o‘yga tolib qolmayapmizmi? Kech bo‘lganligini, “poyezd ketib 
qolgan”ligini sezib, afsus-nadomat chekmayapmizmi? Ayrim hollarda “oyog‘i 
kuygan tovuq”dek bezovta bo‘lmayapmizmi? Boshimizni har toshga 
urmayapmizmi? Hech narsani o‘zgartira olmasa-da, o‘z-o‘zimizga “Qani endi ...?” 
degan savolni qayta-qayta bermayapmizmi? Jumladan, ana shunday holatlarga 
tushmaslik uchun ham (tushishni istamasligimiz – aniq) zamonaviy moliya 
“sir”laridan ogoh bo‘lmoq lozim. 
Bizni yuqoridagi vaziyatlardan qutqarishga ko‘mak beruvchi “Zamonaviy 
moliya” (fani) quyidagi uch analitik “ustun” ustida vujudga keladi: 

vaqt omili (davrlar o‘rtasidagi muqobil variantlar tahlili)ni hisobga olgan 
holda 
pul 
mablag‘laridan 
foydalanishni 
optimal-lashtirish 
(oqilonalashtirish); 

aktivlar qiymatini baholash; 

portfel nazariyasini ham o‘z ichiga oluvchi riskiy boshqaruv. 
Yuqorida qayd etilganlarni, o‘ziga xos tarzda, “Zamonaviy moliya”ning 
mustahkam poydevori deb ham atash mumkin. Bu har bir asosiy element 
(“ustun”)larning yadrosi qator tub (fundamental) qonunlar va prinsip-lardan 
iboratdirki, ular yuqoridagilarning har birida qo‘llaniladi. 
“Zamonaviy moliya” (fani) ning nima ekanligini anglash, uni to‘g‘ri idrok 
etish, u xususda yaxlit tasavvur hosil qilish va tegishli bilimlarga ega bo‘lish 
hamda ulardan amaliyotda foydalanish uchun, eng avvalo, quyidagi uch savolning 
aniq javobiga ega bo‘lmoq lozim: 
1. “Zamonaviy moliya” (fani)ning ta’rifi (tavsifi) nima(lar)dan iborat? 
2. Nima uchun “Zamonaviy moliya” (fani)ni o‘rganish kerak? 
.3. Zamonaviy moliya” (fani) olamida harakatlanuvchi ikki asosiy “shaxs” 
(kuch)lar kim (nima)lar va ular tomonidan qabul qilinadigan qaror-larning qanday 
turli ko‘rinishlari mavjud? 
Yuqorida qayd etilgan har uch savolning aniq javoblariga ega bo‘lish 
quyidagi ketma-ketlikda ish tutishni taqozo etadi: 
1. “Zamonaviy moliya” (fani) ta’rifi (tavsifi) va uni o‘rganishning zarurligi; 
2. Uy xo‘jaliklari va firmalar qabul qiladigan moliyaviy qarorlar; 
3. “Zamonaviy moliya”ning fundamental asos (masala)lari.
“Zamonaviy moliya” fani yagona (yaxlit holdagi) “Moliya” fanining bir 



(tarkibiy) qismi hisoblanadi. Uning bunday nomlanishi, ma’lum ma’noda, shartli 
xarakterga ega. Bu joyda ushbu fanning faqat zamonaviy va ayniqsa, uning amaliy 
jihatlariga maxsus ravishda alohida urg‘u yoki e’tibor berilayotgani uchun uni 
shunday nomlash mumkin. 
Shaxslarning ma’lum 
vaqt mobaynida
defitsit pul resurslari kirimi 
(daromadi) va chiqimi (xarajati)ni qanday boshqarishni o‘rganishga zamonaviy 
moliya deyiladi. 
Demak, “Zamonaviy moliya”
 
(...finance) shaxs (odam, kishi)larning ma’lum 
vaqt mobaynida
defitsit pul resurslari kirimi (daromadi) va chiqimi (xarajati)ni 
qanday boshqarishlari to‘g‘risidagi fan hisoblanadi. Moliyaviy qarorlar shunisi 
bilan ajralib turadiki, kirim (daromad)lar va chiqim (xarajat)lar: a) vaqt oralig‘ida 
tarqatilgan (bir-biridan farq-lanadi, ajratilgan); b) odatda, ularning bo‘lajak 
miqdorini na qaror qabul qiladiganlar va na boshqa biror bir odam bashorat qila 
olmaydi. Masalan, o‘z restoraningizni ochishni baholar ekansiz, barcha 
xarajatlarni (xonani jihozlash, oshxona anjomlari, stol va stullar, hatto antiqa 
ichimliklarni bezash uchun mo‘‘jaz qog‘oz shamsiyalar, qisqasi, barcha zarur 
asbob-uskuna-larni sotib olish) va Siz bir necha yildan keyin olishni rejalashtirgan 
noma’lum daromad (ya’ni, bo‘lajak daromadingiz)ni imkon qadar (iloji boricha) 
aniq hisobga olish kerak.
Muayyan (aniq) moliyaviy qarorni qabul qilib, biznesmen (tadbirkor yoki 
ishbilarmon) uni moliyaviy tizim yordamida amalga oshiradi (hayotga tatbiq 
etadi). M
oliyaviy bitimlar tuzish, aktivlar va riskni almashishda foydalaniladigan 
bozorlar va boshqa institutlar majmuiga 

Yüklə 3,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin