“moliya” fanidan O’quv-uslubiy qo'llanma bilim sohalari


 Moliyaviy tizimda moliyaviy oqimlarning tutgan o‘rni



Yüklə 3,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/202
tarix21.10.2023
ölçüsü3,16 Mb.
#158949
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   202
Moliya UMK

2. Moliyaviy tizimda moliyaviy oqimlarning tutgan o‘rni 
 
Resurslarning moliyaviy resurslari ortiqcha bo‘lgan iqtisodiy sub’-ektlardan 
moliyaviy resurslari defitsit bo‘lgan iqtisodiy sub’-ektlarga oqib o‘tishiga 
moliyaviy oqim
deyiladi. Moliyaviy oqimlarsiz moliyaviy tizimni tasavvur etib 
bo‘lmaydi. Ularsiz moliyaviy tizim “bo‘sh”ligicha qolaveradi. Moliyaviy oqimlar 
bo‘lmasa, moliyaviy tizimga ham hojat yo‘q. Bunday vaziyatda u “bir tiyinga 
qimmat” narsaga aylanadi-qoladi. Shu bois, 4.2-rasmda (navbatdagi betga qarang) 
moliyaviy tizimning asosiy ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro aloqa (oqim)lar 
ko‘rsatilgan. Ular moliyaviy oqimlar harakatini, eng umumiy tarzda, aks ettiradi. 
Unga ko‘ra moliyaviy mablag‘lar moliyaviy tizim tuzilmalarining turli elementlari 
orqali moliyaviy mablag‘lari ortiq bo‘lgan kompaniyalardan (chizmada chap 
tomondagi to‘g‘ri to‘rtburchak) mablag‘ defitsiti kuzatilayotgan kompaniyalarga 
oqib o‘tadi (chizmada o‘ng tomondagi to‘g‘ri to‘rtburchak). Masalan, a’zolari o‘z 
joriy daromadlarining bir qismini undan kelajakda pensiya ta’minoti sifatida 
foydalanish maqsadida to‘plagan (jamg‘argan) bir oila erkin moliyaviy 
mablag‘larga egalik qiladi. Yangi uy sotib olmoqchi bo‘lgan boshqa oila esa, 
shunday mablag‘ga muhtojlik (ehtiyoj) sezadi
32

Investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moliya-viy resurslarda 
ehtiyojlaridan daromadlari ko‘proq firmalarni 
ortiq mablag‘ga ega bo‘lgan 
sub’ektlar
deb ataydilar;
 
kelgusidagi sarmoyalar uchun resursi yetishmaydigan 
firmalar 
resurslari defitsit bo‘lgan sub’ektlar 
deb ataladi. 
31
«Ipoteka» yunoncha «hypotheke» - garov. Ko‘chmas mulkni garovga qo‘yish asosida beriladigan uzoq 
muddatli qarz; ushbu qarzlarni ta’minlashga xizmat qiluvchi garov. Qarang: o‘sha manba. J. II. – B. 233. 
32
Yana shunga o‘xshash qanday misollarni keltira olasiz? 


34 
4.2-rasm.

Yüklə 3,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin