faqat bankka nisbatan bor.
Chunki Siz unda depozit ochgansiz.
Bank esa, o‘z navbatida, mazkur firmaga
ma’lum pul talablarini
qo‘yadi. Bunda Sizning bank depozitingizning likvidlik va
risk darajasi bank tomonidan firmaga berilgan qarzning o‘xshash
xarakteristikalaridan farqlanadi. Bu qarz, o‘z navbatida, shu paytda bankning
aktivlaridan biri sifatida qatnashadi. Bankning aktiviga kiruvchi qarzning
qoplanmasligi riski ma’lum darajada mavjud bo‘lgan bir paytda, Sizning
depozitingiz (saqlash maqsadida bankka qo‘yilgan pul) to‘liq
ishonchli va
likvidli bo‘ladi (ya’ni, Siz istalgan paytda hisobraqamingizdan bor pulingizni yechib
olishingiz mumkin). Bundan tashqari, u aksincha, nolikvid bo‘lishi ham mumkin.
Shunday qilib, ushbu misoldan ko‘rinib turibdiki, moliyaviy oqimning bank orqali
erkin (bo‘sh) moliyaviy mablag‘ga ega bo‘lgan iqtisodiy sub’ektdan shunday
mablag‘lar defitsit bo‘lgan sub’ektga oqib o‘tishida, yaratilayotgan moliyaviy
vositalarning risklilik va likvidlik darajasi kuchli o‘zgarishi mumkin. Ko‘rinib
turibdiki, bunda ushbu jarayon ishti-rokchilarining biri – bank egalari yoki mazkur
bank qo‘yilmalarini sug‘urta qiluvchi davlat tashkiloti – o‘ziga qarz bo‘yicha riskni
qabul qilishiga to‘g‘ri keladi.
2-rasmdagi “Moliyaviy vositachilar”dan yuqoriga, ya’ni “Bozor-lar”ga olib
boruvchi chiziq-ko‘rsatkich vositachilar ko‘pincha moliyaviy oqimlarni moliyaviy
bozorlarga yo‘naltirishini ko‘rsatmoqda. Masalan, o‘rta yoshdagi er-xotin ma’lum
bir summani kelgusidagi pensiya ta’minoti (erkin moliyaviy mablag‘larga ega
bo‘lgan iqtisodiy birlik) uchun jamg‘argan holda, uni sug‘urta jamiyati (vositachi)
hisobraqamiga qo‘yishi mumkin. Bunda sug‘urta jamiyati, o‘z navbatida, uni
(bozorda) biror-bir aksiya va obli-gatsiyaga investitsiya qiladi. Shunday qilib, bu
er-xotinlar bilvosita, sug‘urta kompaniyasi orqali, ushbu aksiya va obligatsiyalarni
muomalaga chiqargan firma (moliyaviy resurslari defitsit bo‘lgan iqtisodiy sub’-
ekt)ni moliyaviy resurs (mablag‘) bilan ta’minlaydi.
“Bozorlar”dan pastga - “Moliyaviy vositachilar”ga – yo‘naltirilgan chiziq-
ko‘rsatkich moliyaviy mablag‘lar moliyaviy bozorlarga yo‘naltirilishi
mumkinligini anglatibgina qolmay, balki ayrim vositachilar ularni moliyaviy
bozorlardan olishlarini ham bildiradi. Masalan, uy xo‘jaligiga qarz beruvchi
moliyaviy kompaniya, qimmatli qog‘ozlar bozorining tegishli segment
34
larida
sotish uchun aksiya va obligatsiyalarni chiqarib, zarur bo‘lgan summani yig‘ib
olishi mumkin.