38
zamon)lararo
resurslarning
joylashuvi
35
uchun shart-sharoitlarning ta’minlanishi
moliyaviy tizim funksiyalaridan biri hisoblanadi.
Masalan, agar talabalarga oid qarz
mavjud bo‘lmaganda edi, ko‘pchi-lik
yoshlar, ularning oilalarida keyingi ta’lim olishiga mablag‘ yo‘q bo‘lganligi bois,
oliy ma’lumotli bo‘lishdan bosh tortishlariga to‘g‘ri kelar edi. Xuddi shuningdek,
ko‘plab tadbirkorlar,
agar aksionerlardan yangi, odatda riskning yuqori darajasi
bilan xarakterlanadigan kompaniyalar tuzish uchun pul olish imkoniyatiga ega
bo‘lmaganlarida, o‘zlarining biznes-lari bilan shug‘ullana olmagan bo‘lar edilar.
Moliyaviy tizim resurslarni vaqt (davr, zamon) bo‘ylab joylashuviga yordam
berishdan
tashqari, resurslarning makonda joylashishida ham juda muhim rol
o‘ynaydi. Ba’zida u yoki bu biznes-loyihani amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan
kapital undan yuqori samaradorlik bilan foydalanish mumkin bo‘lgan joydan juda
uzoqlikda joylashgan bo‘ladi. Masalan, Germaniyada uy xo‘jaliklari
O‘zbekistonning biron-bir joyida yuqori samara bilan ishlatish mumkin bo‘lgan
kapitalni pul mablag‘larini jamg‘arib borish yo‘li bilan yig‘a oladilar.
Moliyaviy
tizim ham pul resurslarini Germaniyadan O‘zbekistonga ko‘chib o‘tishiga yordam
beradigan bir qator mexanizmlarni taqdim etadi. Ulardan ikkitasini keltirsak
yetarli:
birinchidan, nemis fuqarolari O‘zbekiston kompaniyalari chiqargan
qimmatli qog‘ozlarni sotib olishlari mumkin;
ikkinchidan, Germaniya banklari
O‘zbekiston firmalariga qarz berishlari mumkin.
Amaliyotning ko‘rsatishicha, iqtisodiyotning rivojlanib va murakkab-lashib
borgani sari moliyaviy tizim uning sub’ektlarini pul resurslarini vaqt bo‘ylab va
makonda ko‘chirib o‘tkazish (o‘tish, joyini o‘zgartirish)ning samarali usullari bilan
ta’minlashda tobora muhim rol o‘ynamoqda. Bugungi kunda mavjud bo‘lgan
bozorlar va moliyaviy tizim vositachi-larining o‘ta murakkab tarmog‘i yapon
ishchisining pensiyaga oid jamg‘ar-masini amerikalik
yosh oilalarga uy sotib
olishlarini
moliyalashtirish
uchun
ishlatilishiga
imkoniyat
yaratmoqda.
Shuningdek, turli xil innova-tsiyalar ham iqtisodiyot samaradorligini oshirishga
katta imkoniyatlarni vujudga keltirmoqda. Ular tufayli defitsitli pul resurslari vaqt
(zamon) va makon bo‘ylab ko‘chirib o‘tkaziladi. Pul resurslari yuqori daromad
keltirmaydigan joydan oqib keladi va katta foyda keltiradigan joyda ishlatiladi.
Masalan,
faraz qilaylik, barcha oilalar o‘z jamg‘armalarini uyidan tashqariga
chiqmasdan investitsiya qilishga majburlar. Bunda “A” oila jamg‘armasi bo‘yicha
yillik daromadlilik stavkasi bor-yo‘g‘i 2%ni tashkil etadi, “B” oila esa o‘zining
jamg‘armasidan yiliga 20% daromad olish imkoniyatiga ega. “A”
oilaning
jamg‘armasini jalb qilib, “B” oilaga qarzga beruvchi investitsion kompaniya tuzish
yo‘li bilan ikkala jamg‘ar-maning samaradorligini oshirish mumkin.
1-nazorat uchun savol
Moliyaviy tizim orqali vaqt bo‘yicha (bo‘ylab, orasida) pul resurslarini ko‘chirib
o‘tkazishga misollar keltiring. Ushbu resurslarni ko‘chirishning samaraliroq usuli mavjudmi?
35
Bu o‘rinda “
intertemporal”
so‘zining so‘zma-so‘z tarjimasi “vaqtlar orasida” degan ma’noni bildiradi.